mahsulotlarni sertifikatlashtirish (matnda bundan keyin sertifikat- lashtirish deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoida- lariga binoan berilgan hujjat;
1 Ўзбекистон Республикасининг қонун ҳужжатлари тўплами. – 2005. –
№47-48. – 355-м.; 2011. –№ 45-46. – 472-м.
2 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. – 1994. –
№2. – 50-м.; Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2000. – №7-8. – 217-м.; 2003. – №5. – 67-м.; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2006. – №14. – 113-м.; 2006. – №41. – 405-м.; 2013. –
№41. – 543-м.; 2014. – №50. – 588-м.; 2016. – №3(I). – 32-м.
muvofiqlik belgisi — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standart- ga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsu- lotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi.
Sertifikatlashtirish (2-modda):
odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari (5-modda):
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar;
Sinov laboratoriyalari (markazlari).
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifi- katlashtirish organidir.
Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mah- sulotlar), xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi (6-modda).
Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar SMT doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning ser- tifikatlashtirish tizimlari «O‘zstandart» agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar nomlari (jumladan, axborotni muhofaza qilish- ning texnik va kriptografik vositalari) «Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulot turlari ro‘yxati»da (O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-may 90-sonli1 va 2011-yil 28-aprel 122-sonli2 qarorlari) keltirilgan.
Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi. Hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo‘lib kompyuter jinoyat- chiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Axborot texnolo- giyalari sohasidagi jinoyatchilik spektri nihoyatda keng, u internet-firib- garlikdan tortib to bolalar pornografiyasi va elektron-josuslik (ayg‘oqchi- lik) hamda terrorlik aktlarga tayyorgarlik kabi potensial xavfli harakatlarni o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin.
Mutaxassislarni tayyorlash masalasi, ayniqsa juda dolzarb hisobla- nadi. Chunki hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni amalga oshirishni o‘rganish bo‘yicha axborotga ega bo‘lish juda oson. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan bosma va elektron nashrlar erkin tarqatiladi (misol sifatida
«Xaker» va «Spetsxaker» jurnallarini keltirish mumkin). Hozirgi kunda ixtiyoriy o‘spirin axborot tizimlariga hujum qilishning elementar usullarini o‘rgatuvchi kitobni sotib olishi yoki biror saytdan ko‘chirib olishi mumkin. Kitobda bayon etilgan usullarni o‘zlashtirgan bunday o‘spirin kompyuter tizimlari xavfsizligiga tahdid soluvchiga aylanishi mumkin. Internetda kompyuter buzg‘unchiligini o‘rgatuvchi ko‘plab saytlar mavjud. Internet tarmog‘ida kompyuter jinoyatchiligini sodir etish bo‘yicha malaka alma- shishga imkon beruvchi forumlar, virtual konferensiyalar o‘tkaziladi. Shunday qilib, kompyuter jinoyatchilari o‘z malakasini oshirish ustida faol ish olib borishadi, o‘z qatoriga o‘sayotgan avlodlarni jalb qilib, ularni o‘qitishadi. Bularning barchasi deyarli legal ravishda amalga oshiril- moqda. Bu holatlar dolzarb va muhim bo‘lgan yana bir masalani yechishni
jinoyat olamiga yoshlarning kirishiga qarshi kurashish va yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali usullarini yaratish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2008. – №19. – 161-м.
2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2011. – №18. – 178-м.; 2012. – №38. 436-м.; 2013. – №2. – 24-м.; 2014. – №45. – 548-м.; 2015. –
№42. – 534-м.
Kompyuter jinoyatchiligini sodir etishga qarshi immunitetni hosil qiluvchi yuqori odob-axloqni shakllantirish bilan uyg‘unlashgan zamona- viy axborot texnologiyalarini o‘rgatuvchi ta’lim-tarbiyaning usullarini yaratish ta’limning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlashning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin: nazariy bilimlar darajasi xalqaro darajaga yaqinlashishi kerak; mahalliy sharoitlarda ish yuritishning amaliy ko‘nikmalarini olishga yo‘naltirish kerak; asosiy e’tibor xavfsizlikni ta’minlash masalalariga qaratilishi kerak.
Axborot xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlanti- rish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunda kadrlar tay- yorlashning barcha sathlarini qamrab olish (“vertikal” bo‘yicha) hamda gumanitar sohada va tabiiy–ilmiy, texnik va gumanitar yo‘nalishlar tutash- gan joylarda axborot xavfsizligi muammosi hal etish (“gorizontal” bo‘yi- cha) zarur. Birinchi navbatda xuquqni muhofaza qiluvchi organlarda va sudlarda kompyuter sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002-yil 7- noyabrdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tash- kil etish to‘g‘risida”gi 385–sonli qaroriga1 muvofiq bu universitet respub- likaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-martdagi “Toshkent shahrida Inxa universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ- 2155-sonli qaroriga2 asosan xalqaro standartlar darajasidagi axborot-kom- munikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida Inxa Universiteti tashkil etildi. Mazkur universitetining asosiy faoliyat yo‘nalishi etib:
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2002. – №21. – 169-м.; 2003. – №4. – 42-м.
2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий база- си. – www.lex.uz.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standart- larga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda dasturiy ta’mi- notni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;
respublikaning oliy ta’lim tizimiga o‘quv jarayonini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;
respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimini shakllantirishga ko‘maklashish, ilmiy tadqiqot va ta’lim muassasalari, dasturiy mahsulot ishlab chiquv- chilar, ishlab chiqarish korxonalari, sanoat va infratuzilma tarmoqlari ham- da boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iste’mol- chilari o‘rtasida o‘zaro mustahkam hamkorlikni o‘rnatish;
iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori mala- kali kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga mos maq- sadli ta’lim dasturlarini tashkil etish uchun sharoit yaratish belgilangan.
Qarorda Toshkent shahridagi Inxa Universitetida mutaxassislarini o‘qitish va tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari etib kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring va kompyuter tarmoqlari injiniringi belgilangan.