O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Geologiya qidiruv va kon metallurgiya fakulteti “Geodeziya va kadstr ishlarini iqtisodiyoti” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: KADASTR. KADASTRNING MOHIYATI VA IQTISODIY ASOSLARI
Guruh: S1-18
Bajardi: Ismatov J.A.
Ilmiy rahbar: Hashimova S.
Toshkent-2023 yil
MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………….…………3
I BOB. DAVLAT YER KADASTRLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI AHAMIYATI 1.1. Asosiy yer kadastrining vazifasi …………………………………………….5
1.2. Yer kadastrini yuritish uzluksiz holda amalga oshirilishi ……………......8
II BOB. DAVLAT YER KADASTRINING PREDMETI VA MAQSADI 2.1 Davlat yer kadastrining predmeti…………………………………………..…12
2.2 Davlat yer kadastrining maqsadi……………………………………………...21
III. O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLAR 3.1. Oxirgi paytlarda ayrim hududlarimizda kuzatilgan noxush holatlar……..23
3.2. Ko'chmas mulk bozorining marketing tadqiqotlari…………………………..25
XULOSA. ………………………………………………………………………..27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….…29
KIRISH O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “r kodeksi”, “Suv va suvdan foydalanish to'g'risida”, “O'rmon to'g'risisda”, “Muxofaza qilinadigan xududlar to'g'risida” gi va boshqa qonunlar, shuningdek “Er monitoringini yuritish tartibi to'g'risidagi Nizom” hamda qator qonunosi me'yoriy xujjatlari mamlakatda yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish, ob'ektlar monitoringini, jumladan yer monitoringini bugungi bozor munosabatlariga mos tarzda yuritish zaruriyatini tug'diradi. Bu esa, o'z nvbatida, uslubiy yo'nalishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan uzviy bog'liqdir.
Mamlakatda yuritilayotgan ob'ektlar monitoringi, jumladan yer monitoringi barcha yer fondidan foydalanishda uning mavjud xolatini kuzatib borish, yuz berayotgan salbiy jarayonlarni aniqlash hamda ularni oldini olish va bartaraf etish bo'yicha zaruriy tadbirlarni amalga oshirish kabi majmuali tadbir sifatida mavjuddir. Shu bilan birga davlatning qonunlariga mos ravishda yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solib borish, bugungi islog'otlarga xizmat qiluvchi yerdan foydalanish artibini rivojlantirish ham muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bularning barchasi birgalikda 5311500- “Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta'lim yo'nalishining umumkasbiy fani sifatida shakllangan.Ushbu fan bo'yicha talabalarga bilim berish bo'lg'usi mutaxassislarnishakllantirishda muhim o'rin tutadi. “Er xuquqi va kadastri” ilmiy fan sifatida yerni va boshqa tabiiy-iqtisodiy ob'ektlarni xalq xo'jaligining ishlab chiqarish vositasi hamda huquqlari ob'ekti ekanligi to'g'risidagi ma'lumotga, rivojlanayotgan demokratik jamiyatni uslubiy ob'ektlarga bo'lgan huquqiy monosabatlariga hamda dunyoni bilishning diolektik uslubiyatiga asoslanadi. “Er huquqi va kadastri” ni o'rganish u bilan bog'liq bo'lgan fanlar (iqtisodiyot nazariyasi, fuqarolik va mehnat huquqlari, davlat kadastrlari asoslari, ko'chmas mulklar kadastri, geodeziya, kartografiya va boshqalar) ning nazariy, uslubiy va amaliy ishlarmalariga asoslanadi. Yer to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va tahlil qilishda matematik, statistik, geodezik, fotogrammetrik va kartografik uslublaridan foydalaniladi. Respublikamizda yer islohatlarini amalga oshirilishi yer tuzish va kadastr sohasida, geodeziya mutaxassislarining faoliyatini yanada kengaytirdi.
Xususan, 2009-2017 yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etildi, zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari o‘tkazilishi ta’minlandi. 2016-yildan qishloq aholisi uchun yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishini nazarda tutuvchi sifat jihatidan yangi davlat dasturi amalga oshirilmoqda. 2017-yilning o‘zida qishloq joylarida 18 mingdan ortiq qulay shart-sharoitga ega bo‘lgan uylar barpo etildi.
Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurish huquqi kafolatlangan. Shu bilan birga, yer tuzish va kadastr organlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ko‘chmas mulk fondining yalpi xatlovi yakka tartibda uy-joy qurish sohasida, ayniqsa, qishloq joylarida qonuniylikni ta’minlash masalalarida tizimli xatolar va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi.
Xususan, uy-joyga ega bo‘lish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan minglab fuqarolar ko‘p yillar davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joylarni noqonuniy barpo etishgan.Bunday holatlarning yuz berishiga davlat organlari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, shu jumladan, yer kadastri, arxitektura va qurilish sohasidagi vakolatli organlarning beparvoligi sabab bo‘ldi.