1.2 Yer huquqining vazifalari. 1.1 Yer ququqi - yerga oid munosabatlarni iqtisodiy nuktai nazardan ququqiy tartibga soladigan mustaqil huquq sohasi. Yerga oid huquqiy munosbatlar mulkiy, ishlab chiqarish, ekologik, iqtisodiy, makon-bazis va shunga o'xshash turli xil jihatlardan iborat bo'lishi mumkin.
1.2 Yer huquqining predmeti - huquqiy yo'l bilan tartibga solib turiluvchi yer munosabatlari, ya'ni iqtisodiy xarakterga ega bo'lgan yer jarni bo'lib berish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni yer qonunchiligi normalari orqali tartibga solishdir.
1.3 Yer huquqining maqsadi — yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish uchun yer munosabatlarini huquqiy tartibga solish.Yer huquqi tizimi — yer munosabatlarining o'ziga xos tomonlari va qonuniyatlariga qarab ma'lum bir tartibda joylashgan Yer huquqi.ismlari va institutlari majmui. Yer huquqi tizimini go'yo "uy" deb tasavvur qilsak, uning qismlari "poydevor", institutlari esa "g'isht"laridir.
1.4 Yer huquqining o'ziga xos tomonlari - faqat ushbu huquq sohasiga taalluqli bo'lgan yer munosabatlarini huquqiy tartibga solib turishda mustaqil mavjud bo'lgan printsip (qoida), predmet, ob'ekt, metodologiyasi va tatbik qilish joyining borligidir.
Masalan, yer Ekologiya huquqining alohida bir ob'ekti bo'lishi bilan birga kishilar xo'jalik faoliyatining makon-bazisi sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham Yer huquqi Ekologiya hukuqidan farqli o'laroq yerlarni ma'lum bir toifalarga ajratadi va ulardan foydalanishning huquqiy tartibi bilan bir qatorda ularni huquqiy muhofazalash choralarini ishlab chiqadi va amalga tatbiq qiladi.
2.1 Davlat yer kadastri — Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo'jalik, huquqiy holati, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o'rni va o'lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o'rtasidagi taqsimoti to'g'risidagi ma'lumotlar hamda hujjatlar tizimidir (Davlat yer kadastri to'g'risidagi qonunning 3-moddasi).
2.2 Davlat yer kadastrining maqsadi -Davlat yer kadastri to'g'risidagi qonunning 1-moddasiga binoan iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning kafolatlarini ta'minlash, yerdan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma'lumotlaridan foydalanishning huqukiy asoslarini belgilashdan iborat.
2.3 Davlat yer kadastrining huquqiy-me'yoriy asoslari - 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan "Davlat yer kadastri to'trisida"gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to'g'risida"gi 543-sonli qarori va unga ilova qilingan "Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to'g'risidagi Nizom" va boshqa qonun hujjatlari.Yer kadastrini olib borish — viloyat va tumanlarda Yer resurslari davlat qo'mitasining tegishli viloyat va tuman, shaqar va qishloqlarda tuman va shahar davlat ko'chmas mulk kadastri hamda Geodeziya, kartog'rafiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi xizmati bo'linmalarining tegishli faoliyati.Yer kadastri xujjatlari - yer uchastkalariga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari, tuman (shahar) yer kadastri daftari, yerlarning miqdor, sifat holati va ularning bahosi to'grisidagi hisobotlar, kadastr xaritalari, planlari va qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa hujjatlar yig'indisi (Davlat yer kadastri to'grisidani qonunning 12-moddasi).
3.1 Yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olish-deb erlardan huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanish aytiladi.
3.2 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat —deb qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki shaharsozlik normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa imorat, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk.
3.3 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish- Jinoyat kodeksi-204 ,2291.Fuqorolik kodeksi-985.Yer kodeksi-90,91. Tabiatni muhofaza qilish to'grisidagi qonun-47
3.4 «Snos» va Noqonuniy qurilgan turar joylarni buzish o‘rtasida qanday farq bor?
«Snos» va o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy joylarni buzish o‘rtasidagi farqlar, qaysi hollarda tovon puli to‘lanishi, qaysi hollarda esa aybdorlar jarimaga tortilishi.«Snos» va o‘zboshimalik bilan noqonuniy ravishda qurib olingan uylarni buzish o‘rtasidagi farqlarni sanab o‘tamiz. Quyida ushbu ma’lumotlarni to‘liqligicha e’tiboringizga havola etamiz.Gap «snos» haqida ketar ekan, uni o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylardan farqini bilib olish har qachongidan dolzarb masaladir. «Snos» deganda fuqarolar va yuridik shaxslarga faqatgina qonuniy tartibda tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi olib qo‘yilishi va unga yarasha kompensatsiya berilishi tushuniladi. Rostdan ham shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan ayrim hollarda kamchiliklarga, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yildi.