7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə1/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

7-bob. TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI MARKETING VA KOMPYUTER TARMOQLARIDAGI MARKETING
7.1. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing haqida tushuncha
Hozirgi paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy taʼminot mahsulotlarini ishlab chiqarishni, ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar koʻrsatishni oʻz ichiga olgan AKTning roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shu bois har yili barcha mamlakatlar oʻrtasida AKTni rivojlantirish boʻyicha yagona rivojlanish mezonlari (IDI) asosida reyting tuziladi. Reytingda 176 ta davlat qatnashib, Islandiya birinchi oʻrinni egalladi. Yil davomida barcha mamlakatlar uchun oʻrtacha IDI 0,18 punktga oʻsib, 5,1 ballni tashkil etdi va birinchi marta bu oʻlchovning koʻtarilishi kuzatildi. Dunyo mintaqalari orasida eng yuqori (7,50 ball) koʻrsatkichga erishgan Yevropa AKT rivojlanishida yetakchilik qilmoqda. Amerika mintaqasining IDI reytingini AQSh va Kanada boshqarmoqda.
IDI reytingi gʻoliblari quyidagi 7.1-jadvalda keltirilgan:
Dunyo mintaqalari oʻrtasida oʻtkazilgan IDI reytingi gʻoliblari

O’rni

2014 yil

2015 yil

2016 yil

2017 yil

1-o’rin

Daniya

Koreya respublikasi

Koreya
respublikasi

Islandiya

2-o’rin

Koreya respublikasi

Daniya

Islandiya

Koreya
respublikasi

3-o’rin

Shvetsiya

Islandiya

Daniya

Shvetsariya

AKTning rivojlanishi mamlakatning barcha sohadagi raqobatdoshligi darajasiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Chunki katta hajmdagi axborotni toʻplash, umumlashtirish va samarali boshqarish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bu bevosita mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanishiga, ulardan korxonalarda foydalanish esa marketing samaradorligining koʻtarilishiga olib keladi. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda yurtimizda ushbu sohani ravnaq toptirish 2020-2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi asosida amalga oshirilmoqda.


Dasturning maqsadi mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalariga zamonaviy AKTni yanada kengroq tatbiq etishdan, axborot resurslari va tarmoqlarini jadal rivojlantirishni taʼminlashdan, shuningdek tadbirkorlik subʼektlari va aholiga koʻrsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishdan iboratdir.
Uzoq muddatga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Yangi O’zbekiston strategiyasida xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilangan. Uni izchil amalga oshirish natijasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining axborot-kommunikatsiya xizmatlariga bo’lgan talabi maqsadli qondirilmoqda.
Binobarin, AKT imkoniyatlaridan oqilona foydalanish korxonalarning moliyaviy va marketing masalalarini kompleks tarzda tadqiq qilish hamda har tomonlama asoslangan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish zarur.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin