Umumiy marketing kommunikatsiyalari maqsadlari Marketing kommunikatsiyalari asosiy maqsadlari faqatgina sotuvning yoki bozor ulushi pozitsiyasining oshishiga emas, balki marketing media rejasining strategik hamda kommunikatsiya maqsadlariga bogʻliq xolda, boshqa korporativ, marketing maqsadlariga yoki ular aralashmasiga qaratilishi mumkin. Masalan, strategik maqsadni qayta brendlash va boshqacha pozitsiyalash marketing kommunikatsiyalaridan xalqqa maʼlumot berish va ommaboplikni oshirishga yoʻnaltirilishni, yangi brend logosi, mavzusi va qadriyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berishni talab qiladi. Bu PR va reklamaga urgʻu berish kerakligini anglatishi mumkin. Shuning uchun ham, bunday turdagi marketing kommunikatsiya kompaniyasi maqsadlari murakkab va oʻz ichiga korporativ, marketing va kommunikatsiyalashtirish funksiyalarini oladi.
Oldingi boblarda strategiyaning rivojlanishi, isteʼmolchilarning tabiati va kampaniya nazariyasidan kelib chiqib, xizmatlar uchun marketing miksini tuzish haqida qisqacha bayon etilgan edi. Jumladan, 6-bobda miks tuzishda STP jarayoning oʻrni xususida fikr bildirgandi. Vilson va boshqalar oʻz kitobida yozishicha xizmatlar sanoatida xizmatlar marketing miksi maʼlum 4P, hozirda
7 P tushunchasidan iborat:
Bu jihatlarning har biri marketing miksi strategiyasiga kirishi mumkin. Promo miksining maxsus texnikalari 8-10 boblarda batafsil keltirilib, bunda odamlar, jismoniy dalillar, jarayonlar qanday qilib promo faoliyat va reklama orqali farqlash kommunikatsiyasi tuzishi haqida maʼlumot beriladi. Joy tushunchasi — mahsulot tarqatish strategiyasi kanallar strategiyasi qarorlariga bogʻliq. Farqlash, narxning yetakchiligi va narxga asoslangan strategiyalar 5-bobda batafsil tasvirlangan. Bu qism maʼlumot tanlovi va brending strategiyalarining kommunikatsiya maqsadlari hamda strategiyasi bilan qanday bogʻliqlik borligiga qaratilgan.