9.1-rasm. Mahsulot-bozor Ansoff matritsasining xizmatlarga almashishi Bozorga qayta kirish tashkilotning bozordagi raqobatbardosh oʻrnini oʻzgartirish maqsadida yangi kommunikatsiya strategiyasini joriy etilishiga aytiladi. Tashkilot oʻz xizmatlar bozoriga qayta kirishiga sabab, umumiy bozordagi ijobiy oʻsish, natijada oʻz pozitsiyasi va bozor ulushi pasaygani boʻladi. Tashkilot yangi marketing kommunikatsiyasi agentligidan yangi bozor ulushiga ega boʻlish yoki yoʻqotilgan ulushni tiklashni maqsad qilib qoʻyishi mumkin.
Tashkilot oʻz tadqiqoti natijasida bozorda bozorning yangi segmentlari tomonidan joriy xizmatlarga boʻlgan talab aniqlanganda, bozor kengayishi va tashkilot bu yangi bozorga oʻz xizmatlarini yoʻnaltirishi lozim. Kompaniya va uning mahsulotlariga isteʼmolchilarning munosabati ijobiy boʻlsa, isteʼmolchilarga kompaniya tomonidan turli mahsulotlar taklif qilingan bozorlarda xizmatlarni rivojlantirish strategiyasi qoʻllanadi. Diversifikatsiya strategiyasi esa yangi mahsulotni yangi bozor segmentlariga taklif qilganda ishlatiladi.
Mahsulot formatsiyasi va kommunikatsiya strategiyasi Turizm va mehmonxona biznesida mahsulot, bu — mehmonxonalar va sayohatga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan har qanday xizmatlar, tajriba va joylarga aytiladi. Har qanday joy, xizmat, tajriba yoki uskuna bozorga taklif qilinishidan oldin isteʼmol uchun muayyan yoʻl bilan rejalashtirilishi, mahsulotning targʻibot rejasi va/yoki kommunikatsiya usullari tayyorlanishi lozim. Yetuk iqtisodchi olimlar Medlik hamda Middleton mahsulotni turist sayohatga chiqib, uyga qaytib kelguncha boʻlgan butun davrni jarayon deb izohlaydi. Yangi nazariyalarda mahsulotni sayohatni kutish, sayohat jarayoni va sayohat jarayoni oʻzini anglashga qanday olib kelishi oʻrtasidagi munosabat deya taʼkidlaydi. Isteʼmolchining tabiati xususidagi 4-bobda bayon etganidek, tashkilot xizmatlar isteʼmoli va isteʼmolchilar oʻrni va yuqoriroq darajadagi ijtimoiy ehtiyojlar oʻrtasidagi munosabatni anglash lozim. Hollowayning yozishicha, mahsulotni toʻgʻri taklif qilish marketingning eng muhim vazifasidir.
9.2-rasmda asosiy mahsulot mijozga taklifning oʻrtasida joylashishi lozimligi koʻrsatilgan. Bu mijoz kompaniyadan kutgan “tajriba”ning umumiy koʻrinishi boʻlishi mumkin.
9.2-rasm. Mahsulotning uch qismi. Yuqori darajadagi dam olish, suzish va sport bilan shugʻullanish sharoitlariga ega maxsus hollarda foydalaniladigan hashamatli mehmonxonalarda mahsulotning asosi boʻlib, mutlaq hashamat va boylik atmosferasi xizmat qilishi mumkin. Buni mijoz anglashiga esa ushlab koʻrish mumkin boʻlgan unsurlar xizmat qiladi. Bunga oʻz navbatida basseyn, sauna, trinajorniy zali, davolash xonalari, yotoqxonalar, qabulxona, restoran, bar, jamoat joylari, doʻkonlar kabi mehmonxonaning turli toifadagi jismoniy obyektlari ham kiradi.
Moddiy unsurlar oʻz ichiga mehmonxonalarning xizmat doirasidagi jismoniy mavjudligining boshqa jihatlari: uskunalarning oʻziga xosligi, dekor va jihozlarning sifati (yostiqlar, sachoqlar) ham kiradi. Yaxshilangan mahsulot oʻz ichiga koʻrsatilayotgan xizmatning turli koʻrinishlarini, jumladan, mijozlar sonining xodimlar soniga boʻlgan nisbati, treninglarning sifati va xizmatlarni tashkil qilish, sogʻlomlashtirish, hordiq chiqarish va fitnes xizmatlari boʻyicha malakali mutaxassislar mavjudligini nazarda tutadi. Bunday mahsulotlar sotuvdan keyingi servis, mijoz sadoqatini oshiruvchi afzallik sxemasi,boshqaruv va munosabatni shakllantiruvchi qoʻshimcha xizmatlarni ham oʻz ichiga oladi.
Turizm va mehmonxona biznesi muhitining moddiy va qoʻshimcha unsurlari mahsulot asosini anglashga va yetkazilishiga olib keladi, shuning uchun ham mahsulot yaratish va mahsulotni mijozga taqdim qilish jarayonida muhim rol oʻynaydi. Bu tashkilot yoki turistik maskandan har bir mijoz segmentlari (target) uchun alohida mahsulot asosini tashkil qiluvchi gʻoya bilan chiqishni va mahsulot asosini tashkil qilish uchun moddiy va qushimcha unsurlarni qanday tashkil qilishni bilishi lozim. 6-bobda izohlanganidek, bozorlar, segmentatsiya, mijozlarni motivatsiyalar, ehtiyojlari oʻrtasidagi munosabatlar mahsulotni mijoz ongida pozitsiyalashtirish jarayoni bilan bogʻliq. Bu jarayon koʻpincha brending orqali amalga oshiriladi va brendlar marketing kommunikatsiyalari strategiyasi hamda misining asosiy aspektiga aylanadi
Misol
Easy Jet uchun mahsulotning 3 bosqichi mavjud:
asosiy mahsulot — arzon, ishonchli parvoz xizmati kompaniya tomonidan taqdim etiladi.
juda muhim xususiyatlar- manzillar, samolyotning koʻrinishi, xodimlar, brend nomi va u bilan bogʻliq ranglar.
muhimi- mijozlarni roʻyxatga olish, onlayn bron qilish, servis sifati, qoʻshimcha xizmatlar sifati, masalan, taksi buyurtirish, mehmonxona xizmati shular jumlasiga kiradi.
Mahsulot tuzish/yaratishda turli omillar hisobga olinishi lozim, masalan:
servis
sifat
tanlov qamrovi
brend nomi
xususiyatlari va afzalliklari
Avvalgi boblarda xizmatlar sifati, mahsulotning xususiyatlari va afzalliklari toʻgʻrisida fikr yuritgan edik, bu qism esa brend va brend kommunikatsiyalari masalasiga bogʻliq.