Mahsulot strategiyasi tanlovi. Standartlashtirish/strategiyalarni moslashtirish quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
Toʻgʻridan toʻgʻri kengayish: Bu eski mahsulotni, oldingi promo faoliyat va kommunikatsiya strategiyasi bilan yangi bozorga kiritish global strategiyasidir. Buning misoli qilib, kurortlarning eski bozordan chiqib, yangi bozorga kirishini keltirish mumkin. Oʻtgan 10-15 yil mobaynida oʻzining standart taklifi bilan oldingi bozordan chiqib rivojlanayotgan bozorlarga kirgan Oʻrta yer sayyohlik maskanlaridagi kurortlarni keltirsa boʻladi.
Kommunikatsiyalarni moslashtirish: Bu strategiya eski mahsulotni olib yangi segmentga mahsulotni taklif qilish maqsadida kommunikatsiyalarni oʻzgartirishni taqozo qiladi. Oʻrta yer kurortlari tomonidan bu strategiya ham qoʻllanilgan.
Mahsulotni moslashtirish: Ushbu strategiya mahalliy shartlar yoki bozor segmentlarining istaklarini qondirish uchun mahsulotga kichik oʻzgartirishlar kirgizishni nazarda tutadi.
Ikki yonlama moslashtirish: Bu strategiya ham mahsulot, ham kommunikatsiyalarning oʻzgarishini taqozo etadi.
Mahsulot ixtirosi: Bu strategiya yangi bozor talabini qondirish maqsadida, umuman, yangi mahsulot ishlab chiqarish strategiyasidir. Yangi bozor segmentlari doim rivojlanayotgan turizm va mehmonxona biznesi sanoatida, asosiy rivojlanayotgan bozorlar trendlarida uchraydigan oʻzgarishlar ijtimoiy, madaniy va turmush tarzidagi oʻzgarishlar bilan birga aniqlanadi.
9.1-rasm xizmat takliflari uchun ishlatiladigan Ansoff mahsulot-bozor matritsasi izohlangan. Diagramma mahsulotning asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qanday xizmatlar, uning qanday turlari taklif qilish kerakligi toʻgʻrisidagi tanlovni izohlaydi
Mavjud xizmatlar Yangi xizmatlar