7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing


AQSh va Yevropa mamlakatlarida reklamaning taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə19/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
11.2. AQSh va Yevropa mamlakatlarida reklamaning taraqqiyot bosqichlari.
Reklama ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilinar ekan, nazariyotchilar uning tarixini turli voqea-hodisalar bilan bogʻlashadi.
1440- yilda Iogan Gutenberg almashtirib boʻladigan harflar ixtiro qilib, reklama olamini yangilashga ulkan hissa qoʻshdi. Birinchi marta unga moʻljallangan matbuot eʼlonlari, varaqa va gazeta xabarlari shu ixtiro bois yuzaga keldi.
1472- yilda Londonda bir ibodatxona eshigiga yopishtirilgan ingliz tilidagi reklama eʼloni koʻpchilikning eʼtiborini tortgan.
1650- yilda London gazetalaridan birida antiqa reklama eʼloni oʻrnatilgan boʻlib, unda 12 ta yoʻqolgan otni topishga oʻrdam bergan kishiga mukofot eʼlon qilingan edi.
Keyinchalik qahva, choy, shokolad, dori-darmon va har xil mahsulotlar haqidagi reklamalar koʻpaygan.
1704- yili “Boston newsletter” gazetasida dastlabki reklama eʼlonlari chop etila boshlanadi.

1844- yili “Sazern Massenjer” jurnalida birinchi marta jurnal reklamasi chop etiladi.5
Ilk reklama alomatlari qadimgi Yunon va Rimda paydo boʻlgan. Tom maʼnodagi reklama agentligi 1841- yilda Filadelfiyada Uolna Palmer tomonidan tuzilgan. Shu yili bu reklama agentligi oʻz tijorat faoliyatini boshlaydi.

1890 -yili birinchi “NV Ayd va ukli” reklama agentligi ish boshlaydi. 1886- yilda Germaniyada reklama haqida dastlabki qonun qabul qilindi. XIX asrda fotografiyaning paydo boʻlishi bu borada katta voqea boʻldi. 1920 -yilning 2–noyabrida Peterburgda radioeshittirishlar boshlandi.


1941- yil efirda birinchi telekoʻrsatuv, 1955- yil rangli televideniye paydo boʻladi. XX asrning 70-yillarida internet paydo boʻladi. Reklamaning asosiy xususiyatlari uning haq toʻlanadigan xarajatlarda jamligidir.



1886- yili Atlantada, aniqrogʻi, AQShning Jorjiya shtatida dorishunos Jon Pemberton bir ajib oʻsimlik va yongʻoqning hidini beruvchi xushtaʼm ichimlik yaratdi.
Gonaler reklama ishining mutaxassisi edi. U bir stakan “Coca-cola”ni bepul tatib koʻrish taklifi qayd etilgan minglab kuponlarni chop ettirib tarqatdi. Ichimlikni qanchalik koʻp odam tatigan sayin, u shuncha koʻp xaridorga yoqa boshladi.
Bu noyob ichimlik oʻsha yili YaKOB dorixonasida stakani 5 sentdan sotildi. Soʻng, 29 mayda “Atlanta journal” gazetasining bir sahifasida bu ichimlik reklama qilingach, odamlar yopirilib kelishdi. Jon Pemberton va uning hamkori Frenk Robinson tomonidan “Coca-cola” deb nomlangan bu ichimlik reklamasi matnida quyidagi iboralar qayd etilgan edi:

  • alkogolsiz, xushtaʼm va mashhur ichimliklar mamlakati;

  • Amerikacha hayot tarzining umumiy ramzi;

  • oʻz mobaynidagi moʻjiza”.


1899-yili Chattanuga shahrida (Tennisi shtatida) shisha idishlarga quyadigan birinchi zavod ochiladi. 1900- yili Atlantada ikkinchi zavod ishga tushadi. Keyingi 30 yil mobaynida ishlovchi zavodlar soni 2 tadan 100 taga oʻsadi. 95% zavodlarga mahalliy tadbirkorlar egalik qilar va tasarruf etardi.
1916- yili “Coca-cola”ning mashhur shisha idishi paydo boʻladi. Shishaning oʻzi ham savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ana shundan koʻrinib turibdiki, reklama mohiyatan – oʻziga xos axborot, informatsiya deyish mumkin.
Odatda, haq toʻlanadigan mahsulot va xizmatlar yoki reklama beruvchining gʻoyalari haqida maʼlumotlar turli reklama vositalari yordamida tarqatildi.
Zamonaviy reklama otasi deb nomlangan Albert Laskar: “Reklama – bu matbuot holatidagi savdo” degan edi.
Uilyam Bove va Kortlend Arensning 1995 -yilda Tolyattidagi “Dovgan” nashriyotida chop etilgan “Sovremennaya reklama” (“Zamonaviy reklama”) kitobida bu haqda koʻp qimmatli fikrlar oʻz aksini topgan.
Bove va Arensning mazkur kitobida zamonaviy reklama nazariyasiga oid muhim maʼlumotlar olishimiz mumkin. (Mantda Bove\Arens fikridan iqtibos keltirganda qisqacha – “B\A boʻyicha” deb taʼriflaymiz).
Shunday qilib, B\A boʻyicha: “Reklama bu taniqli reklama beruvchilar tomonidan turli reklama vositalari yordamida haq toʻlanadigan va mahsulotlar, xizmatlar yoki gʻoyalar haqida ishontirish harakatlariga ega boʻlgan axborotni (informatsiyani) bevosita va bilvosita tarqatishdir”.
Reklama asosan toʻlovlar orqali amalga oshiriladi.
Reklama – savdoning yoʻlga quyish usuli. Savdo – bu mehnat vositalarini ayirboshlashdir. Butun tarixi davomida reklamaning vazifasi oʻzgarmadi. U hali-hanuz axborot beradi va ishontiradi.
Koʻpchilik tarixchilar reklamaning axborot tashuvchi vosita sifatidagi muqaddimasi qadimgi rivojlanish davrda boshlangan, deb hisoblashadi. Sopol, ogʻoch yoki toshdagi yozuvlar, koʻchalardagi peshlavhalar reklamaning ilk shakllari edi. Chunki kishilar oʻqish, yozishni bilishmas, reklama bevosita koʻrinishda amalga oshirilardi, Masalan, poyabzal ustaxonasida biron bir oyoq kiyimi osib qoʻyilardi. Eʼtibor bersangiz, bunday “ibtidoiy usul”lar hali-hanuz ayrim joylarda (doʻkon, ustaxona shoxobchalarida) koʻzga tashlanadi. Qadimda buyumlarga maʼlumotlarning turli belgilari qoʻyilgan. Kulolchilik buyumlariga xattotlar reklamaga xizmat qiluvchi shakllarni koʻchirgan. Bu hol takomillashib, hozirgi kunda reklama muayyan sohaga aylanib ketdi.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin