7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing


Reklamani huquqiy tartibga solish



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə22/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
11.5. Reklamani huquqiy tartibga solish
Reklama muomalasining asosini tashkil qiladigan asosiy tamoyillar reklama faoliyatining Xalqaro kodeksida belgilangan: “Har qanday reklama eʼloni yuridik jihatdan benuqson, odob-axloq doirasida, haqqoniy va adolatli boʻlishi shart. Har qanday reklama eʼloni jamiyat oldidagi javobgarlik hissiyotini yaratishi va tijoratda oddiy sanalgan vijdonli raqobat tamoyillariga javob bera olishi lozim. Hech bir reklama eʼloni reklamaga ommaviy ishonchni yoʻqotishga haqi yoʻq”. Reklama faoliyati xalqaro huquqlar hamda alohida davlatlarning milliy huquqlari bilan birdek tartibga solinadi.
Xalqaro darajada reklama shartnomalar va xorijiy tashkilotlarning aktlari bilan boshqariladi. 1966 -yil 19 dekabr- dagi fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro akt bilan “har bir kishining davlat chegaralaridan qatʼiy nazar, ogʻzaki, yozma yoki nashr yordamida turli xil axborotlarni va gʻoyalarni yoki tasviring badiiy shakllarini yoki oʻz tanlovi boʻyicha boshqa usul bilan olish va tarqatish” huquqi kafolatlangan. Bu huquq butun dunyodagi reklama faoliyatining yuridik asosi hisoblanadi.
Bundan tashqari, reklama faoliyati xalqaro darajada Xalqaro savdo palatasi tomonidan qabul qilingan reklama faoliyatining Xalqaro kodeksi (keyin MKRD deb yuritiladi) bilan asoslangan. MKRD dastlab 1937- yilda tahrir qilingan holda amal boʻlib, keyin bir necha marta oʻzgartirilgan va qoʻshimchalar qilingan.
MKRD marketingning yuqori etnik standartlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xalqaro savdo palatasi bilan bir Kodeksga birlashtirilgan savdo qoidalari va odatlari yigʻindisini oʻzida mujassamlagan. Bugun bu Kodeks dunyoning koʻpgina mamlakatlarida reklama bozorlarini oʻzini-oʻzi boshqarishining huquqiy asosi hisoblanadi. Bundan tashqari, bir mamlakatda MKRD bevosita amal qiladi, boshqa bir mamlakatda esa uning asosida milliy qonunchilik yaratiladi. Shuni taʼkidlash lozimki, Kodeks nizomi milliy qonunchilik shakllantirilishida hisobga olinadi va hattoki, bu nizomlarning ayrimlari ular tomonidan qabul qilingan.
MKRD doirasida inson hayotiga tahdid solish yoki uni adashtirish, reklamadagi raqobatchilarni tanqid qilish bilan bogʻliq, boshqalarning savdo markalaridan, logotiplaridan, savdo belgilaridan, soʻzlari va boshqa reklama konstantlaridan foydalanish, milliy, diniy hissiyotlarni tahqirlash va boshqa reklama faoliyatlari ta ʼqiqlanadi.
MKRDda odoblilik, toʻgʻrilik, haqqoniy javob va boshqa reklamalashtirish qoidalari (asosiy tamoyillari) aniqlangan. Oʻzbekistonning “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni reklama ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Qonun talablariga javob bermaydigan reklama — vijdonsizlik, ishonchsizlik, axloqsizlik, butunlay yolgʻon, yopiq koʻrinishlariga boʻlinadi. Radio va televideniyedagi reklamalarga alohida talablar qoʻyilgan (11-modda).
“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunda koʻrsatilishicha: “agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalashtirilgan boʻlsa, reklamada litsenziyaning raqami, shuningdek, bu litsenziyani bergan organning nomi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Majburiy sertifikatsiyaga ega boʻlgan tovar reklamasi “majburiy sertifikatsiyaga ega”belgisi bilan berilishi shart”.
Radio va teledasturlarda qatʼiy nazar reklamani tarqatishga alohida cheklovlar belgilangan. Bolalar, taʼlim va diniy koʻrsatuvlar reklama bilan boʻlinishi yoki reklama bilan aralashtirilishi mumkin emas (koʻrsatiladigan koʻrinishdagi va yuguruvchi qatorlar koʻrinishidagi va boshqalarni hisobga olgan holda). Bunday taqiqlar 15 minutdan kam vaqt davomida beriladigan, shuningdek, davlat hokimiyati organlari faoliyatini yoritadigan OAVlari koʻrsatuvlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efirga beriladigan har qanday koʻrsatuvlar uchun ham munosabatda belgilangan.
Radiopostanovkalar va badiiy filmlarni boʻlib yoki ularga aralashtirgan holda reklamani berish mumkin, lekin bunda ularning huquq egalarining roziligini olish shart boʻladi.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin