7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə27/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Reklamaning vazifasi
Reklama besh asosiy vazifani bajaradi:

  1. Reklamaning marketing (bozor) vazifasi Bu tovar (xizmat) nomini maʼlum qilish, uning yangi ekanligini taʼkidlagan holda boshqa tovar (xizmat)lar ichida ajratib koʻrsatish. Bu yerda yoʻnaltirilgan auditoriya va unga taʼsir koʻrsatishni amalga oshirish muhimdir.

2.Reklamaning kommunikativ (yoki informatsion) vazifasi. Bu tovar xizmat haqidagi axborotni odatdagidek tarqatish. Isteʼmolchilarni informatsion xabardor qilish reklamaning hal qiluvchi vazifasi boʻlgan va boʻlib kelmoqda.
3.Reklamaning maʼrifiy vazifasi. Amaliy jihatdan har qanday informatsiya insonni nimagadir oʻrgatadi, unga qandaydir bilim beradi. Reklama tovarlar va xizmatlar haqida yangi axborotni taklif etadi. Bu esa xaridorga ularni tadqiq etishga yordam beradi. Reklama amalda jamiyatning yuksak surʼatlar bilan rivojlanishiga, ilmiy- texnik taraqqiyotiga, xizmat koʻrsatish tizimi yangiliklarini joriy qilish kabi yoʻnalishlarga ijobiy taʼsir oʻtkazadi.
4.Reklamaning iqtisodiy vazifasi.
Reklama beruvchi uchun beriladigan reklamasi unga qimmatga tushmasligidan manfaatdordir. Shu boisdan u har safar uning uchun samarali boʻlgan reklama usuli va OAVni tanlashga intiladi. Bu borada ixtisoslashgan gazetalar (kundalik va haftalik) hamda televideniye eng qulay hisoblanadi. Turgan gapki, bu borada radio va jurnallarning oʻz oʻrni bor. Iqtisodiy reklamaning doirasi reklama qilinayotgan tovarning narxi va sotib olish joyini maʼlum qilishdan iborat. Bundan qanchalik koʻp odam xabardor boʻlsa, shunchalik yaxshi. Kuchli raqobat hamisha reklama yoʻnalishi, usullari, shakllari, modellarining takomillashishiga taʼsir koʻrsatadi. U holda sifatli
5.Reklamaning ijtimoiy vazifasi. Reklama yordamida tovarlarni sotish tashkillashtiriladi. Odatda, sifatli mahsulotlar reklama qilinadi. Shu tariqa reklama mamlakat va qolaversa, jahon aholisining turmush darajasini oshiradi. Reklama erkin tadbirkorlikning moddiy, ijtimoiy va madaniy imkoniyatlarini ommalashtiradi, mehnat unumdorligining oʻsishi va tovar sifatining yaxshilanishiga taʼsir koʻrsatadi.
Reklama, mehnat samaradorligini oshirish talablariga javob berishi kerak, yaʼni aniq va haqqoniy, maʼnoli va ilmiy asoslangan, koʻproq axborotni oʻz ichiga olgan holda didli, foydali boʻlmogʻi lozim. Reklamani ishlab chiqaruvchi ham, sotuvchi ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda ishlab chiqaruvchi oʻz reklamasini har tomonlama oluvchiga qaratadi.
Savdo xodimlari oʻzlari sotayotgan mahsulotlarni yaxshi bilmogʻi kerak. Shuning uchun ishlab chiqaruvchining reklamasi xaridorlarda kamroq hissiyot uygʻotadi, lekin koʻproq axborot yetkazadi. Savdo reklamasi esa xaridorlarga atalgan boʻlib, mahsulot haqidagi axborot bilan birga savdo madaniyati va estetikasini oshirishga koʻmaklashishi lozim. Rejalashtirish, tashkil qilish va umuman reklama faoliyati, ayniqsa aniq mahsulotlar reklamasi faqat bozor va talabni oʻrganish sharoitidagina samaralidir.
Talab tez oʻzgaradigan yoki hali talab shakllanmagan mahsulotlarga boshqacha reklama kerak. Reklama faoliyatining axborot koʻlami: umuman va alohida mahsulotga boʻlgan talab haqidagi maʼlumotlardan (miqdor, struktura, shakllanish xususiyatlaridan), umumiy iqtisodiy axborotlardan, ishlab chiqarish va isteʼmol toʻgʻrisidagi, savdo konyukturasidagi oʻzgarishlar hamda savdo xizmati koʻrsatkichining joyi haqidagi xabardan iborat.
Talab haqidagi turli axborotlar reklama faoliyatida quyidagilar uchun foydalaniladi:

  • reklama qilishga tavsiya etilgan mahsulotning tanlovi, mahsulot reklamasining iqtisodiy asoslanganligi va reklama qilishga rejalashtirilganligi;

reklama tadbirlarini oʻtkazish va tashkil qilish

  • reklama vositalarining manzilini ishlab chiqish, reklamaning xaridorlar talabidan kelib chiqib, zarurligini koʻrsatish, reklamani joylashtirish va berish kanallarini aniqlash;

  • reklama qilish vaqti va oraligʻini aniqlash;

  • reklamaning psixologik va iqtisodiy taʼsirini baholash.

Reklama maʼlum bir shaxslarga hamda butun jamiyatga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Uning funksiyalari va taʼsir omillarining butun turli-tumanligini besh guruhga jamlash mumkin: marketing, kommunikatsiya, taʼlim, iqtisodiy va ijtimoiy.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin