7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə28/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Reklamaning marketing funksiyasi. Bozor iqtisodiyotida marketing nazariyasisiz hech narsaga erishib boʻlmaydi. Maʼlumki, uning yordamida koʻpgina masalalar hal qilinadi, masalan, avvalo, isteʼmolchilar va raqobatchilar faoliyatini oʻrganish; tarmoq oʻzgarishlari dinamikasini; bozorning maʼlum segmentida isteʼmolchilar ehtiyojlarini qondiradigan tovarlarni ishlab chiqish; ularni ishlab chiqarish; narxni belgilash uslublarini tanlash; bozordagi tovar harakati; savdoni ragʻbatlantirish.
Marketing kombinatsiyasi (“marketing — miks”) shunday unsurlar tanlovini oʻzida aks ettiradiki, unda keng maʼlum boʻlgan, nomlanishning birinchi ingliz xavfiga muvofiq keluvchi toʻrt “R” ni oʻz ichiga oladi: mahsulot; (product), narx (prise), taqsimot kanallari — joy (place), harakat (promotion). Reklama shaxsiy savdolar, savdoni ragʻbatlantirish va jamiyat bilan aloqalar (Public Relation) bilan birga harakatlanish toifasiga kiradi. Oʻz navbatida, bu unsurlarning ham biri savdo uchun, yoki kompaniya ishlab chiqargan tovarga, xizmatga va gʻoyalariga mijozlarni jalb qilish uchun qoʻllanilishi mumkin.
Reklamaning kommunikativ funksiyasi. Reklamaning har qanday shaklida xaridorlar guruhiga maʼlum bir axborot beriladi. Yuqorida taʼkidlanganidek, axborot uzatish jarayoni sifatida reklama qadimgi taraqqiyot davridayoq boshlangan. Koʻpgina tarixchilar qadimgi Grek va qadimgi Yunon va Rim savdogarlari foydalangan loydan, yogʻochdan yoki toshdan yasalgan koʻchalardagi yozuvlarini reklamaning dastlabki shakllari, deb hisoblashganlar. Oʻtgan davrlarda reklamaning ishontiruvchi tomoni boʻlmagan, chunki u sof koʻrinishdagi axborotlarni uzatishni oʻz ichiga olgan.
Hozirgi kunda axborot uzatish xuddi oldingidek, reklamaning asosiy vazifasi sifatida qolmoqda. Tovar tanlash boʻyicha axborotlarni yigʻish uchun talab qilinadigan vaqt xarajatlarida koʻpgina isteʼmolchilar uchun axborotning ahamiyati muayyan axborotlarni uzatish uchun afzalligicha qolmoqda. Bunga misol qilib telefon maʼlumotnomalaridagi reklama eʼlonlarini, gazeta xabarlarini hamda turli tashkilotlar va hukumat organlari tomonidan nashr qilingan yuridik xarakterdagi maʼlumotlarni keltirish mumkin
Reklamaning taʼlim funksiyasi. Odamlar reklama uchun oʻqitiladi. Ular oʻzlariga taklif qilingan tovarlarni oʻrganadilar va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun yangi imkoniyatlar hamda uslublarni yaratadilar. Reklama, ijtimoiy jihatda yangi tajriba qilinmagan moslashuvni tezlashtiradi, bu bilan texnik jarayonning tezlik surʼatini harakatga keltirib, barcha uchun eng yaxshi hayot tarzini yuzaga keltiradi. Reklama oʻzining talimiy xarakteri bilan bir qatorda harakatga turtki berishi lozim
4. Reklamaning iqtisodiy fiksiyasi. Reklama xaridorlarni tovarlar, xizmatlar va gʻoyalar haqida axborotlar bilan taʼminlagan holda savdo oʻsishini ham ragʻbatlantiradi. U isteʼmolchilar yordamchisi sifatida uni yangi tovarlar va ularning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan, sanoat korxonalarini esa yangi uskunalar va texnologiyalar bilan taʼminlaydi. Taklif etilayotgan tovar va xizmatlar haqida aholini katta qismini bir vaqtda xabardor qilish hisobiga savdo xarajatlari ancha kamaytiriladi va individual savdo masalasi osonlashtiriladi. Natija rivojlanishni investrlashtirishi mumkin boʻlgan daromadlar oʻsadi, xarajatlar kamayadi.Reklamaning erkinligi raqobatdosh tashkilotlar bozorlariga chiqish imkonini beradi, bu esa mavjud mahsulotlarni takomillashtirish va yangi modellarni ishlab chiqishni ragʻbatlantiradi. Bunday faoliyat mehnat ishlab chiqaruvdanligining oʻsishi, sifatning oshishi va bozor talablariga mos kelmaydigan tovarlarning yoʻqotilishida aks etadi. Xaridorlarni yangi tovarlarni sinab koʻrishlarini taklif etgan holda reklama sifatli mahsulot muvaffaqiyatidan darak beradi va yaroqsiz tovarlarni chiqarib tashlash bilan muvofiqlashadi. Reklama ommaviy savdoni tashkil etishning dastagi sifatida butun dunyodagi hayot darajasini oshirish bilan muvofiqlashadigan asosiy harakatlanuvchi kuch hisoblanadi. Erkin tadbirkorlik, isteʼmolchilik jamiyatining moddiy, ijtimoiy, va madaniy imkoniyatlarni kengaytirgan holda reklama rahbarlar hamda oddiy ishchilar orasida birdek mehnat ishlab chiqaruvdanligining oʻsishini ragʻbatlantiradi.5. Reklamaning ijtimoiy funksiyasi. Reklama ijtimoiy ehtiyojlar uchun ham xizmat qiladi. Masalan, ommaviy axborot vositalarining asosiy daromadlari reklama orqalidir. Bu matbuotning erkinligi uchun juda qulay shart-sharoit yaratadi, modomiki, u davlat himoyasida emas. Bundan tashqari, turli reklama tashkilotlari bunday reklamalarni bepul joylashtirish hisobiga turli ommaviy kompaniyalarni ham kengaytirish va oʻsishi bilan muvofiqlashadi. Qizil HOCh va boshqa notijorat tashkilotlari amaldagi reklama tufayli doimiy ravishda erkin yordam va moliyaviy mablagʻ olib turadilar. Reklama muomalasining asosini tashkil qiladigan asosiy tamoyillar reklama faoliyatining Xalqaro kodeksida belgilangan: “Har qanday reklama eʼloni yuridik jihatdan benuqson, odob-axloq doirasida, haqqoniy va adolatli boʻlishi shart. Har qanday reklama eʼloni jamiyat oldidagi javobgarlik hissiyotini yaratishi va tijoratda oddiy sanalgan vijdonli raqobat tamoyillariga javob bera olishi lozim. Hech bir reklama eʼloni reklamaga ommaviy ishonchni yoʻqotishga haqqi yoʻq”.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin