NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI 1-BOSQICH 5-GURUH
Iqtisodiyot Nazariyasi Fanidan
Mavzu:Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishi
Topshirdi:__________________ Qabul qildi:_ ________________
Navoiy 2023 Reja: Kirish 1. Ishlab chiqarish omillari va tarkibi 2. Ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etishning asosiy muammolari 3. Ishlab chiqarishning umumiy, pirovard natijalari va davlat rivojidagi o`rni Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda sodir bo‘layotgan tub iqtisodiy islohotlarni bilishni taqozo etadi. Iqtisodiy qonunlarning talablari va amal qilish xususiyatlari o‘rganilmay turib muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni bilishda, fanlar, eng avvalo, bozor iqtisodiyoti asoslari va ishlab chiqarishni tashkil qilish fanining roli o‘sib boradi. Chunki u jamiyatning bazasini, ishlab chiqarishni zamonaviy tashkil qilish sir-asrorlarini, iqtisodiy qonuniyatlar va kategoriyalarning tub mohiyatlarini ochib beradi. Ijtimoiy -iqtisodiy tarqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish jarayonlari bo’lmasa, ayriboshlaydigan , taqsimlaydigan va iste’mol qiladigan ne’matlarning o’zi bo’lmaydi. . Har qanday jamiyatda insoniyat iste’molsiz yashay olmagandek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi.
1. Ishlab chiqarish omillari va tarkibi Ishlab chiqarish omillari — Bevosita ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanadigan resurslar boʻlib; yer (tabiat), ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga bog’lik, boʻladi.
Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiy- iqtisodiy ( kishilar munosabati ) va moddiy- texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi. Bu omillarning ta’siri natijasida har qaysi korxonada ishlab chiqarish jarayoni tashkil topadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlar, odatda, asosiy va yordamchi jarayonlarga bo’linadi.Shuningdek, har qanday asosiy va yordamchi jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin ( mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallelva ketma- ketlik olib boriladi). Bunday qismlar asosiy mahsulotning tayyorlash bosqichi yoki bosqichi deyiladi ( har qaysi bosqich yoki bosqichsi texnologikjihatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil qiladi). Ishlab chiqarish jarayonining bosqichi bir -biridan qo’llaniladigan metodikalar va texnoligik usullar, uskunalalrining xarakteri va kadrlarning ixtisoslashishi bilan farq qiladi.Masalan, mashinasozlik korxonalarining asosiy uchta bosqichdan iborat: tayyorlash,qayta ishlash va yig’uv.
Bosqichlari ayrim operatsiyalardan tashkil topgan. Operatsiya o’zgarmas ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlari va ishjoyida amalga oshiriladi. Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyiviy tarkibi bir nechta o’rinlarda ishchilar nazorati ostida o’zgarishiga operatsiya deyiladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir ismidir.Materiallarni qayta ishlashda va operatsiyalarni vaqt bo’yicha bajarishda,tayorlashda oldingi hamda keyingi operatsiyalar soni va sifati bilan bog’liq.
Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish,xizmatlarko’rsatish inson hayoti uning yashashiva kamol topishi uchun moddiy asosdir.Shuning uchun ishlab chiqarishning amalga oshishi va to’xtovsiz takrorlnib turishi, eng avvalo, uning ro’y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo’lmog’I lozim. Iqtisodiyotninng tizimi va shaklidan qat’I nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rasatishning hamma sohalari uchunumumiy bo’lgan uchta omil: ishchi kuchi , mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart.
Ishchi kuchi deb. Insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy lqobiliyatlarining yigindisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o'zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari deb, inson uning (mashinalar. stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar).