Moddiy ishlab chiqarish mahsuloti- bu moddiy ne'mat bo'lib, u tabiat va mehnat substansiyasining birikmasidir. Moddiy ne'mat inson va jamiyat
ehtiyojlarini bevosita yashash vositasi, iste'mol ob'ekti sifatida va bilvosita ishlab chiqarish vositasi sifatida qondiradi. Iste'mol tovarlari shaxsiy iste'mol uchun va odamlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi. Ishlab chiqarish vositalari mehnat ob'ektlari va mehnat vositalaridan iborat bo'lib, faqat ishlab chiqarish iste'moli uchun ishlatiladi.
Tashkiliy tizimlar maqsadning mavjudligi bilan tavsiflanadi- o'zaro bog'liq elementlarning bir xil to'plami o'zi ko'rib chiqilayotgan maqsadga qarab turli xil tizimlarni ifodalaydi. Demak, mashina ma'lum texnologik operatsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan tizimdir. Tadqiqot muhandisi uchun bu dinamik yoki operatsion xususiyatlarni olish uchun mo'ljallangan tizimdir. Maqsadga qarab, tizim elementlarining ma'lum xususiyatlari va ularning ulanishlari o'rganiladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish kontseptsiyasining ta'rifi. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani yoki hozirgi kunda tez-tez aytilganidek, ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish yangi fan sifatida bundan yuz yil oldin paydo bo'lgan. O‘tgan yillarda u ham tez yuksalishlarni, ham o‘n yillik turg‘unlikni boshidan kechirdi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish kontseptsiyasining ta'rifi. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani yoki hozirgi kunda tez-tez aytilganidek, ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish yangi fan sifatida bundan yuz yil oldin paydo bo'lgan. O‘tgan yillarda u ham tez yuksalishlarni, ham o‘n yillik turg‘unlikni boshidan kechirdi.
3. Ishlab chiqarishning umumiy, pirovard natijalari va davlat rivojidagi o`rni Fan-texnika taraqqiyoti fan va texnikaning muttasil va o‘zaro bog‘liq holda rivojlanishidir. Тalab va ehtiyojlarning o‘sishi ta’sirida fan-texnika taraqqiyoti jadallashishida tabiiy resurslarni insonga xizmat qildirish, ishlab chiqarishda zarur ma’- lumotlarni aniq maqsadni ko‘zlab qo‘llash imkonini beradi. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish tufayli:
— Mehnat unumdorligani oshirishga erishiladi;
— Asbob-uskunalardan, xom ashyolardan oqilona foydalanish zarurati tufayli yangi texnologiyaning vujudga kelishini ta’minlaydi;
— Ishlab chiqarishni samarali tashkil qilish imkoniyatlarini yaratadi;
— Тexnika taraqqiyoti mutaxassislarni kasbiy mahoratini o‘zgartib, yangi kasblar vujudga kelishini ta’minlaydi;
Fan texnika taraqqiyoti o‘zaro bir-birini taqozo etadigan ikki shaklda amalga oshiriladi:
1) fan va texnikaning an’anaviy negizlarini nisbatan sekinroq va qisman takomillashtirish orqali, ya’ni evolyusion shakl;
2) yangi texnika va texnologiyani vujudga keltiradigan, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarini tubdan o‘zgartiruvchi, ya’ni inqilobiy shakl.
Iqtisodiyotni har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirishda asosiy vosita fan-texnika taraqqiyoti hisoblanadi.
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish uchun:
— ilm-fanni ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirish;
— ilmiy xodimlar tarkibini qayta tuzish.
— sanoatning yetakchi tarmoqlarini, eng avvalo, mashinasozlik
mahsulotlarining o‘sish sur’atlarini va yangilanishini ta’minlash;
— yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini oshirish;
— inson omilidan to‘g‘ri foydalanish, boshqarish va ta’lim tizimini qayta
qurish kabi tadbirlarni amalga oshirish zarurdir. Fan-texnika taraqqiyoti asosiy yo‘nalishlari:
Ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
2. Kompyuterlashtirish.
3. Energetikani, xususan atom energetikasini rivojlantirish.
4. Тransport va aloqaning yangi turlarini vujudga keltirish.
5. Yangi texnika va texnologiyalarni tezroq o‘zlashtirish.
6. Biotexnologiya, chiqitsiz texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish.
Fan-texnikani rivojlantirish uchun sarflanayotgan mablag‘lar, tabiiy ravishda, iqtisodiy samara berishi kerak.
Fan-texnika taraqqiyoti samaradorligi yangi texnikani qo‘llash natijasida olingan iqtisodiy samarani uni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Yillik iqtisodiy samara deyilganda yangi texnikani yoki texnologiyani o‘zlashtirishdan milliy iqtisodiyot miqyosida olingan iqtisodiy tejam tushuniladi. Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, foydaning o‘sishi, tannarxning kamayishi hisoblanadi. Bu ishlar asosan yangi texnikani qo‘llash natijasida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakllari mustaqillik tufayli va milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida o‘z mohiyati va mazmunini, maqsad va vazifalarini anchagina o‘zgartirdi. Kichik va o‘rta korxonalarning paydo bo‘lishi munosabati bilan ular o‘rtasida uyg‘unlashuv yuzaga keldi.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi.
Xulosa Yuqorida ta’kidlaganimizdek har bir dvlatning rivojlanishi uchun uning ishlab chiqarish hajmi ko’p bo’lishi kerak. Agar ishlab chiqarish bo’lmasa taqsimlash , ayriboshlash, yoki iste’mol qilish jarayoni bo’lmaydi.Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ko’plab zavod- fabrika yoki xizmat ko’rsatish qurilishi kerak .Yurtimizda ishlab chiqarish rivojlanishi natijasida ko’plab aholi ish bilan ta’minlanadi, davlat YaIM
oshishiga olib keladi ,aholi bandligi ta’minlangan sari uning turmush tarsi yaxshilanishiga olib keladi.
Bu borada davlatimiz prezidenti ko’plab qarorlar chiqarmoqda. Ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish maqsadida:
Va yana Ishlab chiqarishnini rivojlantirish va tadbirkorlikka ko’maklashish maqsadida ko’plab imtiyozli kreditlar va tadbirkorlarga turli darajadagi yengilliklar, imtiyozlar berilmoqda.