Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari


Ishlab chiqarish jarayoni



Yüklə 32,22 Kb.
səhifə2/4
tarix24.10.2023
ölçüsü32,22 Kb.
#161105
1   2   3   4
referat3

Ishlab chiqarish jarayoni- bu insonlarning o’z iste’mollari uchun zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan maqsadga muvofiq bo’lgan faoliyatlarmajmuasidir.Ishlab chiqarish bu kishilarning real mehnat faoliyatidir.
Tadbirkor deb, iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslaming birbiriga qo'shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo'rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.
2. Ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etishning asosiy muammolari
2. Ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etishning asosiy muammolari
Ishlab chiqarish muammolari - bu ilm-fan muammolaridir! Jamiyatning umumiy ehtiyoji jamiyatda yashayotgan kishilarning yakka ehtiyojlaridan iborat ekan umumiy ehtiyojga aholining soni va tarkibi ham ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi 200 yil ichida yer yuzi aholisi deyarli 5 marta ko‘paydi. Bu ehtiyojga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning uchun ham ehtiyojni cheksiz deb qarash lozim. Ehtiyojning cheksizligi deganda uning to‘xtovsiz yangilanib turishi tushuniladi. Bunday jarayon barcha ijtimoiy-iqtgisodiy tizimlarda mavjud bo‘lgan. Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon to shu kungacha faqat ehtiyojning rivojlanib, cheksizlanib borishi kuzatilgan. Ehtiyojlar zanjirli reaksiya singari birini ketidan birini taqozo etadi. Masalan, avtomobilga bo‘lgan ehtiyoj ketidan, uni saqlashga garaj, texnik qarovdan o‘tkazish, ta’mirlash, yonilgi bilan ta’minlash, uni boshqarishni o‘rganish kabi ehtiyojlar kelib chiqadi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan ehtiyojlar ham o‘sib boradi. Тinmayin yuksalib boradigan cheksiz ehtiyojlarni qondirish esa tiriklik alomatidir. Busiz hayotiy zaruriyat qondirilmaydi, jamiyat rivojlanmaydi. Ehtiyoj yuksalib borar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar rivojlangani holda ularni 9 ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari (tabiiy resurslar, mehnat resurslari, texnika va texnologiya) cheklangan bo‘ladi. Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi, birining cheksizligi, birining chegaralanganligi (kamyobligi) ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to‘la va samarali foydalanishni talab qiladi. Resurslar deganda, faqat pul tushunilmaydi. Resurslarga yer, suv, yer osti-usti boyliklari, asbob-uskuna, mashina mexanizmlar, bino-inshootlar va boshqalar, inson resurslari, ya’ni mehnat resurslari, ishbilarmon bo‘lish, xo‘jalik faoliyatini boshqara bilish qobiliyatlari kiradi. Тo‘xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslardan oqilona foydalanishni taqozo etadi.

Yüklə 32,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin