7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə3/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. To’g’ridan-to’g’ri marketing haqida so’zlang.
2. Bugungi kunda rivojlangan kompyuter tarmoqlaridagi marketing haqida nimalarni bilasiz?
3. Marketing kommunikatsiya tizimida AKT nechog’liq kerak?
4. Marketing faoliyatini samarali tashkil etishda AKTning o’rni qanchalik muhim?
8-bob. KOMMUNIKATSIYANING BOSHQA VOSITALARI


8.1.Internetning rivojlanishi haqida
Taraqqiy etgan davrda aksariyat shaxslar uchun internet paydo bo’lgunga qadar usiz hayotni tasavvur qilish qiyin. Internet 1995- yilda AQSH va Yevropaning ayrim akademik foydalanuvchilari uchun mintaqaviy darajada foydalanilgan edi. Dastlabki kunlarda internet texnologiyasi biznes guruhlar uchun o’z biznesini qaror toptirish, tashkiliy tadbirlarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan edi. Biroq, elektron tijorat, AKT qo’llanilishi va joriy etilishining jadal sur’atlar bilan taraqqiy etishi turli davralarda muhokama qilina boshlandi
Shaxsiy kompyuterlar va internetning inson faoliyatiga chuqur kirib borishi dunyoning aksariyat qismidagi hayot tarzi, bo’sh vaqt, axborotlardan foydalanish OAVni o’zgartirib yubordi. Masalan, Angliyada Internetdan foydalanuvchi aholi 2000 yilda 30% bo’lsa, 2020 yilda uch baravar ortib 90% yetdi.
Butunjahon oʻrgimchak toʻri (www)da reklama kontenti tez surʼatlar bilan oʻsib bormoqda, ayniqsa, turizm va mehmonxona xoʻjaligida marketing kommunikatsiyalari sohasida asosiy vosita sifatida qoʻllanilmoqda. 2000 - yilda internet-reklamaning oʻsish surʼati birmuncha pasaydi, 2003 - yilda asosiy xarajatlar reklamaga sarflandi. Ayniqsa, Angliyada 136.4%a oʻsdi. Bu internet reklama turlarining rivojlanishi, pulli xabarlar va homiylik reklamalari bilan bogʻliqdir. Shundan soʻng 2004 - yilda 77 %, 2005 - yilda 65 % va 2006 - yilning birinchi yarmida 2005 - yilning shu davriga nisbatan 40 % oʻsdi. Shunga qaramasdan, oʻsish surʼatining pasayishi ushbu raqamlar internetning tez rivojlanayotgan reklama etuvchi vosita ekanligidan dalolat beradi.
Bu oʻz navbatida reklama xarajatlarining yildan-yilga pasayib borayotganligini bildiradi. Internet-reklama Byurosi (IAB)ning taʼkidlashicha, internet-reklama Angliya reklama industriyasida 2006-yilda 11.4% ulushga ega boʻlgan, bu oʻsish surʼati isteʼmolchilarning talabiga toʻliq mos kelmasligi va kam tadqiq etilganligiga qaramasdan saqlanib qolmoqda. Ayrim tadqiqotchilarning maʼlumotiga koʻra, isteʼmolchilarning reklama agentliklari bilan hamkorlikda onlayn reklama ishlab chiqishda ishtirok etishi ularning isteʼmol xulq-atvori va isteʼmolchi talabining shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatar ekan.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin