Namangan muhandislik-qurilish



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə1/7
tarix18.02.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#84884
  1   2   3   4   5   6   7
Dasturlash asoslari - Namunaviy


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


Namangan muhandislik-qurilish INSTITUTI






"TASDIQLAYMAN"
Namangan muhandislik – qurilish instituti rektori
_________SH.T.Ergashev
2021 yil «___» ___________









DASTURLASH ASOSLARI
FANINING O`QUV DASTURI



Bilim sohasi:

600 000 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari



Ta’lim sohasi:

610 000 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari



Ta’lim yo’nalishi:

60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)








Fan / modul kodi
DA1205

O’quv yili
2021-2022

Semestr
2

Kreditlar
6

Fan / Modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O’zbek

Haftadagi dars soatlari
5

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Dasturlash asoslari

75
(30 m / 45 l)

105

180

2.

I. Fanning mazmuni
Hozirgi kunda Davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bu – zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga hamda jamiyatimizning deyarli barcha jabhalariga keng tatbiq qilish, kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish tizimlaridan yanada samarali foydalanishdir. Shu ma'noda, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasi dolzarb vazifalardan biridir.
Ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ularni boshqarish, dasturlashtirish kabi eng zamonaviy ilmlarni o'zlartirish hozirgi kun talabalari uchun muhim vazifadir.
Ushbu fan dasturi dasturlash asoslarini o’rganish, xususan C++ dasturlash tilini talabalarga mukammal o'rgatish maqsadida zamonaviy talablar asosida ishlab chiqildi.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)


II.I. Fan tarkibiga quiydagi mavzular kiradi:


1-Mavzu: Algoritmlash asoslari.
Algoritm atamasining kelib chiqishi, algoritm tushunchasi, xossalari, ishlash prinsiplari va ularni yozish (so’zli, psevdokod, grafik) usullari.
2-Mavzu: Dasturlash tillarining evolyutsiyasi va klassifikatsiyasi. Dasturlash tillarining asosiy tushunchalari.
Dasturlash tilining rivojlanish tarixi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari, vazifasiga qarab sinflanishi. Dasturlash tillarining asosiy tushuncha va imkoniyatlari.
3-Mavzu: Ma’lumotlar tiplari.
Oddiy va strukturali (murakkab) ma’lumotlar tiplari. C++ dasturlash tilida tiplarni e’lon qilish va ular ustida amallar bajarish.
4-Mavzu: Dasturlash tillari operatorlari.
Pascal va C/C++ dasturlash tillarining asosiy operatorlari. Ularning qiyosiy taxlili. Operatorlarning vazifalari, ulardan foydalanish imkoniyatlari.
5-Mavzu: Tarmoqlanuvchi jarajonlarni dasturiy amalga oshirish.
Shartlar asosida tarmoqlanish jarayonlari uchun algoritm va dastur tuzish. Real masalalarda tarmoqlanuvchi operatorlar (if, case)dan foydalanish imkoniyatlari.
6-Mavzu: Takrorlanuvchi jarajonlarni dasturiy amalga oshirish.
Takrorlanishlar asosida takrorlanuvchi jarayonlari uchun algoritm va dastur tuzish. Real masalalarda takrorlanuvchi (for, while) operatorlardan foydalanish imkoniyatlari.
7-Mavzu: Protsedura va funktsiyalar.
Dasturda takrorlanuvchi jarayonlar yoki biror xisob amalini bir necha marta takror ishlatish xolatlari uchun protsedura va funktsiyalardan foydalanish imkoniyatlari.
8-Mavzu: To’plamlar. Massivlar.
Matematik to’plam va massiv tushunchalari. Bir va ikki o’lchamli massivlar ustida amallar bajarish. Min, Max ni topish, izlash, tartiblash uchun dasturlar yaratish.


9-Mavzu: Qatorlar. Yozuvlar.
Qatorli tiplar bilan ishlash. Qatorli axborotlar ustida amallar bajarish. Yozuvli murakkab tiplarni yaratish. Yozuvlarga ma’lumotlarni yozish, xotiraga saqlash.



Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin