11-Mavzu: Obyektga yo’naltirilgan dasturlash. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OYD) asoslari. OYD asosida obyekt sinflarini yaratish. Inkapsulyatsiya, nasl qoldirish, polimorfizm tushunchalari. OYD asosida amaliy masalarni yechish.
12-Mavzu: Amaliy masalalar uchun dasturlar yaratish. Amaliyotda uchraydigan turli masalalar uchun model, algoritm va dastur yaratish texnologiyalari. Yaratilgan dasturlarni testdan o’tkazish, xatoliklarini aniqlash va tuzatish. Olingan natijalarni eksperimental tahlil qilish.
13-Mavzu: Vizual xodisa - boshqaruvli dasturlarlash. Oynali ilovalarni yaratish. Vizual xodisa - boshqaruvli dasturlarlash asoslari. Qt Creator C++ va Borland Delphi dasturlarida oynali ilovalarni yaratish texnologiyalari.
14-Mavzu: Dasturlashda standart bibliotekalar bilash ishlash. Qt Creator C++ va Borland Delphi dasturlarida standart bibliotekalar bilash ishlash. Turli amaliy masalalrni yechishda standart bibliotekalardan foydalanish texnologiyalari.
15-Mavzu: Dasturda grafik komponentlar bilan ishlash. Qt Creator C++ va Borland Delphi dasturlarida grafik komponentlar bilan ishlash. Grafik komponentlar asosida raqamli tasvirlani fayldan o’qib olish, namoyish qilish, taxrirlash, xotiraga saqlash amallari uchun dastur yaratish.
III. Tajriba mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma tavsiyalar Tajriba mashg’ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Dasturda ma’lumotlar tiplari bilan ishlash.
C++ yoki Pascal dasturlash tilida oddiy va strukturali (murakkab) ma’lumotlar tiplarini e’lon qilish va ular ustida amallar bajarish. Ma’lumot tiplariga mos bo’lgan amaliy masalalar uchun kichik dasturlar yaratish.