Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc


Axborotni muhofaza qilish sohasida xalqaro standartlar



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə10/44
tarix24.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#147664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Karimov-I.Axborot xavfsizligi asoslari

Axborotni muhofaza qilish sohasida xalqaro standartlar. 1983-yil AQSH Mudofaa Vazirligi (MV) kompyuter xavfsizligi Agentligi TSEC (Ishonchli Tizimlarning Himoyalanganligini Baholash Kriteriylari) nomli hisobotini chop etdi. U boshqacha aytganda To‘q sariq rangli kitob (kitob rangiga ko‘ra) deb nomlandi. Unda ko‘p foydalanuvchili kompyuter tizim- larida maxfiy ma’lumotlarni himoyalash uchun xavfsizlikning 7 ta darajasi ajratilgan. Bular: Al – kafolatli himoya; Bl, B2, V3 – ruxsatni to‘liq bosh- qarish; Cl, C2 – ruxsatni tanlash orqali boshqarish; D – minimal xavfsizlik. AQSH Mudofaa Vazirligi kompyuter tizimlarini baholash maqsadida AQSH MV qoshidagi kompyuter xavfsizligi Milliy Markazi NCSC-TG-


1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №49. – 611-м.
005 va NCSC-TG-011 nomli Qizil kitob (kitob rangiga ko‘ra) deb nom- langan qo‘llanmasini chiqardi.
Bunga javob tariqasida Germaniya axborot xavfsizligi Agentligi Green Book (Yashil kitob) ni tayyorladi. Unda xususiy hamda davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashda vujudga keluvchi talablar kompleks tarzda o‘z aksini topgan.
1990-yilda Yashil kitob Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Gollandiya davlatlari tomonidan ma’qullandi va Yevropa Ittifoqiga yubo- rildi. Uning asosida Yevropa standartini ifodalovchi ITSEC (Axborot Texnologiyalarining Himoyalanganligini Baholash Kriteriyalari) yoki Oq kitob tayyorlandi. Bu kitobda xavfsiz axborot tizimlarini tashkil etish kriteriyalari keltirilgan.
Oq kitobda xavfsizlik kriteriyalarining quyidagi asosiy qismlari berilgan:

  1. Axborot xavfsizligi.

  2. Tizim xavfsizligi.

  3. Mahsulot xavfsizligi.

  4. Xavfsizlikka tahdid.

  5. Xavfsizlik funksiyasi to‘plami.

  6. Xavfsizlikning kafolatlanganligi.

  7. Xavfsizlikning umumiy bahosi.

  8. Xavfsizlik sinflari.

Yevropa kriteriyalariga ko‘ra ITSEC axborot xavfsizligining olti asosiy elementi va uning qismlarini o‘z ichiga oladi:

  1. Axborot konfidensialligi (axborotni noqonuniy olishdan himoyalash).

  2. Axborot butunligi (axborotni noqonuniy o‘zgartirishdan himoyalash).

  3. Axborotdan foydalana olishlik (axborot va tizim resurslarini noqonuniy yoki tasodifiy tutib olishlardan himoyalash).

  4. Xavfsizlik maqsadlari (axborot xavfsizligi funksiyalari nima uchun kerak?).

  5. Axborot xavfsizligi vazifalarining tasnifi:

  • identifikatsiya va autentifikatsiya (foydalanuvchining haqiqiyligini an’anaviy tekshirishgina emas, yangi foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish, eskilarini o‘chirish, shuningdek autentifikasiya, axborotlarini o‘zgartirish va tekshirish uchun funksiyalar, shu jumladan butunlikni nazorat qiluvchi vositalar ham tushuniladi);

  • foydalanish huquqini boshqarish (shu jumladan, umumfoyda- laniluvchi obyektlarning butunligini ta’minlash maqsadida ularga ruxsatni vaqtincha chegaralovchi xavfsizlik funksiyalari, ruxsat berish huquqini tarqatishni boshqarish kabilar);

  • hisobot berishlilik (protokollashtirish);

  • audit (mustaqil nazorat);

  • obyektlardan qayta foydalanish;

  • axborotning aniqligi (ma’lumot turli qismlarining o‘zaro mosligini ta’minlash (aloqa aniqligi) hamda axborotni uzatishda uni o‘zgarmasligini ta’minlash (kommunikatsiya aniqligi));

  • xizmat ko‘rsatishning ishonchliligi (qisqa vaqt ichida vaqt bo‘yicha kritik harakatlar bajarilishini ta’minlovchi funksiyalar; kritik bo‘lmagan, ya’ni kerakli vaqtda ma’lumotni olish imkonini berish; xatolarni topish va ularni bartaraf etish funksiyalari; kommunikatsiya xavfsizligini ta’minlovchi rejalovchi funksiyalar);

  • ma’lumot almashish.

  1. Xavfsizlik mexanizmlarini ifodalash.

Yevropa kriteriyalarida xavfsizlikning 10 ta sinfi o‘rnatilgan (F-C1, F-C2, F-B1, F-B2, F-B3, F-IN, F-AV, F-D1, F-DC, F-DX). Ularning
dastlabki beshtasi Amerikaning TCSEC kriteriyasidagi Cl, C2, Bl, B2, V3 darajalarga mos keladi. F-IN sinfi axborot butunligiga bo‘lgan yuqori talabga asoslangan bo‘lib, MBBT (ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi)ga mos keladi hamda ruxsatning quyidagi turlari farqlanadi: o‘qish, yozish, qo‘shish, o‘chirish, hosil qilish, qayta nomlash va obyektlarni belgilash. F-AV sinfi axborot tizimlari ish qobiliyatini ta’minlash uchun yuqori talabga mo‘ljallangan. F-D1 sinfi axborot kanallari orqali uzati- luvchi ma’lumotlarning butunligiga bo‘lgan yuqori talabga mo‘ljallangan. F-DC sinfi axborot konfedensialligiga bo‘lgan yuqori talabga moslashgan. F-DX sinfi esa bir vaqtda F-D1 va F-DC sinflari talablariga nisbatan kuchaytirilgan talabga asoslangan.
Axborot himoyasining kompleks tashkil etilishiga kriptografik himoya vositalaridan foydalanish algoritmini davlat standartlariga mos ravishda ta’minlash hisobiga erishiladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin