Shubhali taxlovchilar. Bunday turdagi zararlovchi dasturlar maxsus usul bilan taxlashni amalga oshirib, shifrlangan fayllarni keyinchalik qayta tiklashda evristik usullardan foydalanishni murakkablashtiradi.
Zararlovchi utilitlar – boshqa turdagi viruslarni, troyan yoki qurtlarni yaratishni avtomatlashtirish, serverga DoS-hujumlarni uyushti-
rish, kompyuterni ishdan chiqarish kabilarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan zararlovchi dasturlardir. Virus, troyan yoki qurtlardan farqli ravishda bunday toifadagi dasturlar o‘zlari ish yurituvchi kompyuterlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirmaydi. Ularni ajratib turuvchi asosiy jihati – bu ular tomonidan amalga oshiriladigan harakatlardir.
Bunday toifadagi dasturlarga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
Constructor – yangi kompyuter viruslari, qurtlari va troyan dastur- larini tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturlar.
HackTool – noqonuniy foydalanuvchi tomonidan lokal kompyuter yoki tarmoqdagi kompyuterga hujumlar uyushtirish uchun foydalanila- digan dasturlar.
Spoofer– jo‘natuvchining qalbaki manzili orqali xabarlar va tarmoq so‘rovlarini yuborish imkonini beruvchi dasturlar.
DoS – kompyuterlarga DoS-hujumlarni uyushtirish uchun mo‘ljallan- gan dasturlar.