Ekologik ta’lim berishda amaliy uslublardan foydalanish Tabiat bilan tanishtirish shakllari 5-ga bo`linadi. 1. Mashg`ulot
2. Ekskursiya
3. Sayr
4. Tabiat burchagidagi mehnat
5. Yer maydonchasidagi mehnat.
Mashg’ulot - bilim berishning asosiy uslubi bo’ib, ularni tabiat bilan tanishtirishda muhum o’rin egallaydi. Mashg’ulot dasturdan tarbiyachi tuzgan rejalar asosida tashkil etiladi. Tarbiyachi mashg’ulotda bolalarga yangi bilimlar berib qolmasdan, balki oldingi olishgan bilimlarni eslatadi va mustahkamlaydi. Tarbiyachi mashg’ulotlarni shunday tashkil etishi ke- rakki, u bolalarda o’ylashni, fikrlashni, kuzatishni, tafakkurini, nutqini, so’z boyligni va tabiatga bo’lgan qiziqishini oshirib borsin. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda mashg’ulotning eng asosiy vazifalaridan biri bu bolalarni dastur asosida rejalashtirilgan malakalarini oshirishdir. Buning uchun tarbiyachi turli metodlardan joydalanishi, ya'ni tabiiy jonzotlarni kuzatishi, kattalar mehnatini kuzatishni, didaktik o’yinlar tashkil etishni, rasm ustida ishlashni, badiiy adabiyotlardan o’qish, hikoya va suhbatlarni o’tkazishda foydalanishi kerak bo’ladi. Mashgulotda olgan bilimlarini bolalar kun davomida amalga oshirib boradilar, buni ishda va mehnatda kuzatish mumkin.
Mashg’ulotga tayyorlanishda tarbiyachi dasturdan o’tiladigan mavzularni tanlaydi, ko’rgazmali qurollarni belgilaydi. Ilk yosh guruh bolalari bilan mashg’lotlarni individual tarzda yoki guruhlarga bo’lib (4- 5boladan) o’tkaziladi. Kichik guruhlarda esa yarim guruh bilan galma- galdan o’tkaziladi.
Mashg’ulotda kuzatish davomida bolalar katta rasmlarni hamma guruh bolalari bilan ikki qator bo’lib, yarim doira shaklida o’tirib o’tkazsa ham bo’ladi. Kichik jonzotlarni esa bolalar yarim guruh bilan oldilariga qo’yilgan stollarni ustiga qo’yib kuzatishlari mumkin.
Mashg`ulot 5 qismdan iborat bo’ladi: Mashg’ulot nomi.