55
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini
umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va me’yorlarini tarbiyalashda hisobga olishni
ko‘zda tutadi.
Umuminsoniy qadriyatlarga ‘ng katta bo‘lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy
muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash harti - erdagi tinchlik, inson faoliyati asosi -
bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi.
Milliy qadriyatlar: Vatan tarixi, ona tili va adabiyoti, xalq san’ati, milliy madaniyat, urf-
odatlar, marosimlar, an’analar yana A.Navoiy ta’kidlagan ‘diki ona tilida (o‘zbek tili) yozish
xalq ishidir.
Turli jamiyat madaniyatlariga bolani jalb ‘tish: turmush, jismoniy, jinsiy, aqliy, siyosiy,
ma’naviy – juda murakkab masala, bu masala oila va jamiyat, turli muassasa va birlashmalarning
(maktab, bolalar bog‘chasi, maktabdan tashqari tashkilotlar, yoshlar tashkiloti va b.) birgalikdagi
harakatlari orqali hal qilinadi. Sababi bola hayotining turli davrlarida bu erlarda bo‘ladi. Agar
bola normal rivojlansa, unda u jamiyat madaniyatini o‘zlashtiradi va tabiiy yo‘l bilan jamiyatga
kiradi.
Agar bola jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy kamchiliklarga ‘ga bo‘lsa, unda uning xalq
madaniy qadriyatlariga jalb qilinishi ancha murakkablashadi. SHuning uchun shunday bolalar
uchun madaniyat qadriyatlariga bolalarni jalb ‘tish metodikasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipini tatbiq ‘tish bir qator qoidalarning bajarilishini talab
‘tadi:
•
bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida me’yordan chetga chiqishini
‘‘tiborga olish;
•
rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: