Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Farzand qilib olish
– bu bolani himoya qilish maxsus chorasi, bunda bola va uning haqiqiy ota-
onasi bo’lmagan odam yoki er-xotin o’rtasida qarindoshlik aloqalari yuridik o’rnatiladi. 
Bolaning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun bolani farzand qilib olganida u aynan oilaga ega 
bo’lishi, unga biror-bir o’rnini bosuvchi emas, oilaga ega bo’lishi muhim holat hisoblanadi. 
Bizning davrimizda ko’plab hamyurtlarimiz mehribonlik ko’rsatib ota-onasiz qolgan bolalarni 
oilalariga oladilar. Masalan, Nizomiy nomidagi TDPU padgogika kafedrasi katta o’qituvchisi 
Ishmuxamedov Ravshan Djuraevich yetim qolgan bola – koreys bolani asrab oldi.(2003). 
Ishmuxamedovlar oilasida o’zlarining to’rtta farzandlari bor. Bunday harakat haqiqiy 
insonparvarlik va begonalar baxtsizligiga g’amxo’rlik munosabatini bildiradi.
Davlat vasiyligi
– 
asrab olingan bolaga (etim bolaga) uning tarbiyasi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratib, 
uni bu maqsadda maxsus tashkil etilgan tashkilotga joylashtirish yo’li bilan amalga 
oshiriladi.Bola bolalar uyiga (maloletka), vaqtinchalik asrab olinadigan oilaga, mehribonlik 
uyiga (bolalar uyi) maktab-internatga joylashtirilishi mumkin. 
Asrab olingan bola har xil turdagi qabul qiluvchi oilaga tushishi mumkin: bu vasiylik qiladigan 
oila yoki bola qilib oldigan oila bo’lishi mumkin. Bular orasida farq birinchi holatda bola uchun 
unga qarindosh bo’lgan odamlar topiladi, ikkinchi holatda – bola bilan qarindoshlik aloqasi 
bo’lmagan odamlar oila vazifasini bajarishlaridan iborat bo’ladi. Vasiyning vazifasi bolani 
tarbiyalash va rivojlantirish, uning huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Vasiy voyaga
yetmagan bolada mavjud bo’lgan mol-mulki va ko’chmas mulkini saqlash va foydalanishini 
nazorat qilishni amalga oshiradi, lekin o’zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bola 
qilib olgan oila umuman olganda bolaning yangi yuridik va haqiqiy oilasi hisoblanadi, bu yerda 
u o’z bolasi huquqiga ega bo’ladi. 
Bola uni oilasiga olgan ota-onalarining familiyasini olishi mumkin, hatto yangi ism ham. 
Farzand qilib olingan bolaning hamma huquq va majburiyatlari haqiqiy o’z bolalari huquq va 
majburiyatlariga tenglashtiriladi.Asrab oluvchi oilaning yana bir turi - vaqtinchalik asrab olish 
oilasi. Vaqtinchalik asrab oladigan oila bolalikni himoya qilish usuli sifatida bir qator 
rivojlangan mamlakatlarda juda ham keng tarqalgan hisoblanadi.
O’zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq etish va tarqalishga ega 
emas.Vaqtinchalik asrab olish oilasini vasiylik oilasi yoki bola qilib oluvchi oiladan farqi 
birinchi navbatda bu professional mutaxassislar oilasi bo’ladi. Agarda chet el tajribalariga 
murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko’rsatish 
mumkin:-ota-onalarda ma’lum professional malakalari bo’lishi kerak; -oila kerakli professional-
pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak; bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi 
to’lanadi. Bolaning oilada bo’lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga 
olinadi.Asrab olgan ota-onalarning ish vaqtlari o’z shaxsiy uylarida o’tadi. 
Vaqtinchalik asrab olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal etilgunga qadar 
bolaning oilada bo’lishini ko’zda tutadi: o’z oilasiga qaytishi; bolalar uyiga jo’natilishi, 
muassasalarga yuborilishi. 
Asrab olgan oila bilan ijtmoiy-pedagogik faoliyat. 


108 
Ijtimoiy-pedagogik 
faoliyat bosqichlari 
Ijtimoiy 
pedagogning 
faoliyat 
vazifalari 
Ijtimoiy-pedagogik 
faoliyati metodlari 
5.
Asrab 
oladigan 
oilani izlash 
Axborot-
ma’lumotlar 
Anketa 
tuzish, 
suhbat, intervg’yu, 
ma’lumotlarni 
o’rganish 
6.
Bo’la
jak 
asrab 
oladigan ota-
onalarni 
o’rganish 
Diagnostik 
(boshlang’ich 
diagnostika) 
Anketa 
tuzish, 
suhbat 
7.
Bola 
joylashtirilga

muassasalar 
va oialalarni 
borib ko’rish 
(inqiroz oila, 
bolalar 
uyi 
va 
boshqalar) 
Vositachilik
Kuzatish, suhbat 
8.
Bo’la
jak oilani va 
uning 
yaqinlarini 
o’rganish
Diagnostik 
(chuqur 
diagnostika) 
Anketa tuzish, test 
sinovlari, suhbat, 
ishontirish, 
hujjatlarni o’rganib 
chiqish 
5. 
Kiritish 
o’qitishi, 
ma’ruza, 
hikoya, 
suhbat, 
videofil’mlar 
O’qitish 
(boshlang’ich, 
dastlabki 
o’qitish) 
Lektsiya, 
suhbat, 
kuzatish, ishonish, 
mashq qilish 
6. Bolani asrab 
oluvchi 
oilaga 
joylashtirish, asrab 
oluvchi ota-onalarni 
chuqur 
o’qitish 
kursi 
Patronaj 
qiluvchi.
22
 
Davlat vasiylik tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat-agarda bola asrab olinmasa va bola 
qilib oladigan oilaga tushmasa unda bu bolaning tarbiyasi, ta’lim va rivojlanishi bilan davlat 
tashkiloti shug’ullanadi. Hozirgi kunda O’zbekistonda bolalar uylari (malyutka) invalidlar uchun 
maktab-internatlari reabilitatsion markazlari va 28 ta mehribonlik uylari (bolalar uylari) mavjud. 
Mehribonlik uylarida 3400 ga yaqin bolalar yashaydilar. Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar 
tarbiyalanadigan davlat tashkilotlari faoliyatlarining asosiy maqsadlari: bu tashkilotlardagi 
bolalarni ijtimoiy himoya qilish; reabilitatsion, tibbiy va ijtimoiy xususiyatdagi tadbirlarni 
amalga oshirish; bolalar umumiy ta’lim olishlarini tashkil etish. 
Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:1.Bolaning
22
Patronaj (lot.patronatus - µmumiylik ³ )ota-onalarsiz qolgan bolalarni davlat organlari va patranaj 
qiluvchchi bolani qabul qilib oluvchi shaxslar ³ o’rtasidagi shartnoma bo’yicha bolani tarbiyalashga 
berish.


109 
rivojlanishiga yordam beruvchi uy vaziyatiga yaqinlashtirilgan qulay, maishiy sharoitlarni 
yaratish.2.Bolalar sog’lig’ini saqlashni ta’minlash.3.Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning 
tibbiy-pedagogik va ijtimoiy moslashishini ta’minlash. 
4.Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish. 
5.Bolalar ta’lim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarida munosib ta’lim 
olishlari. 
6.Trabiyalanuvchilar umumiy madaniyatini, ularning hayotga moslashishlarini shakllantirish. 
7.Tarbiyalanuvchilarda o’zini rivojlantirishga va o’zini anglashga talablarini yuzaga keltirish. 
8.Kasb-hunar ta’lim dasturlarini tushunib ongli ravishda tanlashi va keyinchalik o’zlashtirishi 
uchun sharoitlar yaratish. 
Ijtimoiy pedagogning bolalar mehribonlik uyidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyatini chuqurroq 
ko’rib chiqamiz. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadi – bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini 
ijtimoiylashtirish (bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni). Bu maqsad turli masalalarni bajarish 
bilan amalga oshirilishi mumkin. Jadvalga qarang, unda ijtimoiy pedagogik faoliyat masalalari, 
vazifalari, faoliyatini tashkil etish metodlari va shakllari ko’rsatilgan. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin