105
(«Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar»).
45-modda.
Tuman,
shahar hokimining, vasiylik va homiylik organlarining qarorlari
ustidan
shikoyat qilish
.
Tuman, shahar hokimining vasiylikni yoki homiylikni belgilash va
tugatish, vasiylarni yoki homiylarni o’z majburiyatlarini bajarishdan
ozod etish yoxud
chetlashtirish to’g’risidagi, vasiylik va homiylik organlarining dastlabki tarzda vasiy yoki homiy
tayinlash haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin.
LexUZ
sharhi.Qarang:
O’zbekiston
Respublikasining
Fuqarolik
protsessual
kodeksining 3-kichik bo’limi. («Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor
shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo’yicha ish
yuritish»).
46-modda.
Vasiy va homiyning g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi)
ustidan
shikoyat qilish. Vasiy va homiyning g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs, davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxsning yashash joyidagi fuqarolar tomonidan tegishli vasiylik
va homiylik organiga yoki
sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
protsessual kodeksining 2-kichik bo’limi. («Dahvo ishlarini yuritish»).
Dostları ilə paylaş: