Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Ogzaki nutq texnikasi 
– tovush, bo‘g‘in, so‘zlar, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash 
borasida nutq organlarining faollashtiruvchi mashqlarini anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, 


142 
tovush tembrlarini yaxshilash, diksiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib 
turishi, undoshlarni talaffuz etish, oxang kabilar kiradi. 
Nutq texnikasidagi muhim ko‘rsatkichlardan biri uning 
xissiyligidir.
 
Psixologlar ijobiy hissiyotni 
inson foaliyatidagi qudratli omil deb hisoblaydilar. 
Nutq sifati, ovoz har bir o‘qituvchida har xil bo‘ladi. Biroq tegishli mashqlar natijasida ovozni 
o‘zgartirish mumkin. Nutqdagi kamchiliklarni yuqotish uchun tinmay mashq qilib borish zarur. 
Ovozdan foydalanishda nutq texnikasining asosini tashkil qiluvchi 
nutq apparatlarini
yaxshi 
bilish kerak. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan to‘g‘ri muomala qila olish madaniyati va texnikasi. 
Bolalarga yaqinlasha olish, o‘quvchilarga to‘g‘ri muomala qilish yo‘lini topish, ular bilan 
pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik texnikaning 
mavjudligidandir. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilari, kasbdoshlari, 
o‘quvchilarning ota-onalari bilan muomalada bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyatining ta’sirchanligi 
pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala madaniyatiga bog‘liqdir. 
Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala madaniyatida muallimning axloqiy madaniyati
kiyinish madaniyati, so‘zlash madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. O‘qituvchining 
pedagogik kasb egasi sifatida o‘ziga, o‘z kasbiga, o‘quvchilariga, kasbdoshlariga, 
o‘quvchilarning ota-onalariga, jamoatchilikka muomala madaniyatini belgilovchi talablar 
mavjud. Pedagogik jarayonda muomala madaniyati va texnikasi muallimning pedagogik 
faoliyatida ko‘rinadi. O‘qituvchi o‘z burchini bajarayotganida u o‘zaro hurmat darajasi, ishonch, 
talabchanlik, xayrixohlik, tashabbuskorlik, o‘zaro g‘amho‘rlik, bir-birlarini inson sifatida qadr-
qimmatini e’zozlash kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Pedagogik madaniyat va texnika 
o‘qituvchining pedagogik faoliyatida boshqalar bilan muomalasining harakterini baholashga 
xizmat qiladi. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin