- bolani rivojlantirish, tarbiyalash va ta’lim
berish masalalari yuzasidan
vakolatli organlarga murojaat qilish;
- bolaning shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lishni talab qilish;
- DMTTda bolalar ta’lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etishda faol
ishtirok etish;
- DMTTning o’quv rejalari va dasturlari bilan tanishish;
- DMTT Kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish.
Bolaning qonuniy vakillari qonun hujjatlariga
va DMTT bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’lishi mumkin.
71.
Bola qonuniy vakillarining majburiyatlari:
- Bolaning jismoniy salomatligi, ruhiy holati haqida doim qayg’urishi,
uning
tabiiy qobiliyatlari, ishtiyoqlari va iste’dodlarini rivojlantirish uchun
tegishli shart-sharoitlar yaratishi;
- DMTTdagi ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa
ishtirokchilari or-nomusi
va qadr-qimmatini hurmat qilishi;
- bolalarni Vatanga muhabbat,
mehnatga, o’z xalkining milliy, tarixiy,
madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo’lish,
atrof-muhitga
ehtiyotkor munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashi;
- oilada bola har tomonlama rivojlanishi, tarbiya va ta’lim
olishi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.
Bolaning qonuniy vakillari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlarga ega bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: