- belgilangan tartibda DMTTning mol-mulki va vositalaridan foydalanadi,
o’z vakolati doirasida vazirlik va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishgan
holda bitimlar tuzadi;
- o’z vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi va ishonchnomalar beradi;
- DMTT faoliyatini takomillashtirish,
uning modiy-texnik bazasini
mustahkamlash va hodimlarning ijtimoiy ximoyasini ta’minlash yuzasidan
tegishli tuman maktabgacha ta’lim bo’linmasiga takliflar kiritadi;
- tarbiyalanuchilarning hayoti va sog’ligini muxofaza qilish,
shuningdek,
o’quv jarayonini samarali tashkil etishni ta’minlaydi;
- DMTTning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
zamonaviy
talablarga javob beradigan jihozlar, o’quv-metodik qo’llanmalar va multimediya
vositalari bilan ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil etadi;
- DMTTning moliyaviy-xo’jalik faoliyati uchun javob beradi;
- byudjetdan tashqari qushimcha moliyalashtirish manbalari va moddiy
resurslarni, shu jumladan, qonunda taqiqlanmagan homiylarning mablag’larini
jalb qiladi;
- amaldagi qonunchilikka muvofiq DMTT hodimlarini lavozimga
tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
- vazirlik bilan kelishgan holda DMTTning ichki tartib qoidalarini,
shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalarni tasdiqlaydi;
- qonun hujjatlari talablari va me’yorlariga muvofiq, shuningdek,
byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish hisobiga DMTTning moddiy-texnik
jihatdan ta’minlanishini va xonalarni jihozlanishini amalga oshiradi;
-
DMTTning
moliyaviy
mablag’laridan
maqsadli
va
oqilona
foydalanilishini ta’minlaydi;
- o’z vakolati doirasida DMTTning barcha hodimlari uchun majburiy
bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;
- DMTT hodimlari o’rtasida xizmat vazifalarini qayta taqsimlashi yoki
zarur hollarda qonunchilik bilan taqiqlanmagan va DMTTni rivojlantirishga
qaratilgan yangi vazifalarni bajarishni yuklashi mumkin;
- DMTT hodimlari o’rtasidagi manfaatlar to’qnashuvini bartaraf etish
talablari va mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini ta’minlaydi,
shaffof va
halol tanlov orqali hodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilishni,
malakasi oshirilishini va ishdan bo’shatilishini amalga oshiradi;
- DMTTning faoliyati bo’yicha hisobotlarni va boshqa zarur ma’lumotlarni
belgilangan tartibda vazirlikning hududiy bo’linmalariga
takdim etilishini ta’minlaydi;
- DMTTning xujalik-moliyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, amaldagi
qonun hujjatlari va mazkur Ustavda vazirlik va uning hududiy bo’linmalari
vakolatiga kiradigan masalalar bundan mustasno;
- vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari va boshqa
normativ hujjatlarini
so’zsiz ijro etilishini ta’minlaydi;
- vazirlikning normativ hujjatlariga muvofiq holda tayyorlangan
DMTTning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi va joriy etilishini ta’minlaydi;
- DMTT faoliyatida manfaatlar to’qnashuvlarini hal qilish, shuningdek,
DMTT va o’zning faoliyatida huquqbuzarlik va korrupsiya holatlariga yo’l
qo’ymaslikni samarali choralarini ko’radi, bu kabi holatlarga yo’l qo’yilib,
o’rnatilgan odob ahloq qoidalariga rioya qilinmaganida vazirlikning hududiy
bo’linmalariga xabar qiladi;
-
favkulotda vaziyatlar, aniqlangan huquqbuzarliklar, jinoyatlar, xavfli va
salbiy holatlar, DMTT tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari va hodimlarning
sog’ligi va hayotiga yetkazilgan zararlar to’g’risida vazirlikning hududiy
bo’linmalariga darxol xabar qiladi;
- DMTTning ish faoliyati haqida vazirlikning hududiy bo’linmalariga
oylik va choraklik hisobot beradi;
- DMTTning va hodimlarining
faoliyatini qonun hujjatlari, vazirlikning
buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qiladi
va ta’minlaydi;
- DMTTning rivojlantirilishiga qaratilgan qonun bilan taqiqlanmagan
boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Dostları ilə paylaş: