Microsoft Word 4 lab uzb \302\356\361\361\362\340\355\356\342\353\345\355



Yüklə 362,73 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.03.2023
ölçüsü362,73 Kb.
#90949
4 lab UZB



4 – LABORATORIYA ISHI. 
SANOAT ROBOTLARINI PULTLI BOSHQARISH. SANOAT 
ROBOTLARINING HARAKAT TIZIMLARINING MEXANIKASINI 
TADQIQOTLASH.
 
I. Ishdan maqsad: Sanoat robotlarining harakat tizimlarini harakatga keltirishda 
ishlatiladigan rele va boshqa qurilmalar bilan tanishish. 
II. Nazariy qism. 
Rele 
– elektr signali ta’sirida elektr jihozlarini elektr tarmog’iga avtomatik 
tarzda ulovchi yoki uzuvchi qurilma hisoblanadi. Bunda biz kichik kuchlanish 
yordamida katta kuchlanishlarni ham boshqarishimiz mumkin. Masalan 
arduinoning 5V kuchlanish orqali 220V li kuchlanishda ishlaydigan uskunalarni 
tarmoqga ulab uzishimiz mumkin. 
Quyida biz 5V li manba asosida ishlovchi releni arduino yordamida 
boshqarishni o’rganamiz. 1-rasmda relening umumiy ko’rinishi keltirilgan.
1-rasm. Relening umumiy ko’rinishi. 
Bu yerda 1, 2, 3, 4, 5 lar relening oyoqchalari bo’lib, relening 3 oyog’i ichki 
tomondan relening ichida joylashgan kontakka ulangan bo’ladi, tashqi tomondan 3 
oyoqqa elektr manbaining bir uchi ulanadi. Relening 5 oyog’iga elektr manbaga 
ulanishi kerak bo’lgan elektr jihoz (lampochka, ventilyator, DC motor va h.k.) 
ning bir uchi ulanadi. Elektr manba va elektr jihozning qolgan uchlari bir-biriga 
ulanadi. Relening 1 va 2 oyoqlari orqali keluvchi signal ta’sirida relening ichidagi 
kontakt relening 3 va 5 oyoqlarini ulaydi yoki uzadi. Rele ulanmagan paytda 
relening ichidagi kontakka 4 oyoqqa ulangan bo’ladi. 
Relening 3 - oyog’iga arduinoning 5V sini, 5 oyog’iga esa shu manbada 
ishlay oladigan (5 V da ishlaydigan boshqa qurilmalarni: svetadiod, DC motor va 
h.k.) qurilmalarning “+” tomonini, qurilmalarning “-“ tomoniga GND ni ham ulab 
ishlatsak bo’ladi. 
Releni arduino yordamida boshqarib yuqori kuchlanishli uskunalrni 
boshqarish mumkin quyida uning ulanish rasmi keltirilgan. 


Buning uchun: 
arduinoning 
5V
oyog’i relening 1 (
VCC
) oyog’iga ulanadi.
arduinoning 
GND
oyog’i relening 2 (
GND
) oyog’iga ulanadi.
arduinoning 
pin
oyog’i relening 
IN
oyog’iga ulanadi. 
va relemiz ish holatiga tayyor faxat arduinoga dasturni kiritib sketchiga 
yuklashimiz kerak. 
1-Topshiriq: Rele ulanganda Serial portda “Rele ulandi” degan uzilganda esa 
“Rele uzildi” degan yozuv chiqsin va rele 1 s davomida uzilib-ulanib tursin. 
2-Topshiriq: Knopkani bosgan holda releni ishlatish. 


3-Topshiriq: Kunduzi yorug’lik miqdorini o’lchaymiz va agarda yorug’lik 
miqdori biz o’lchagan miqdordan past bo’lganda lamochka yonsin (ya’ni rele 
ulansin) aks holda o’chsin (ya’ni rele uzilsin). 
III. Ishni bajarish tartibi: 
• Arduino platasini kompyuterga ulash. 
• Berilgan ko’rsatmalar bo’yicha arduino platasini ishga tayyorlash. 
• Sxemani yig’ish va dasturni kiritish. 
• Dasturni arduino platasiga yuklash. 
• Natijalarni olish. 
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
.
 
1.
2 ta knopkadan foydalangan holda, 1-sini bosganda rele ulansin, 2-sini 
bosganda rele uzilsin. 
2.
Serial portda relening o’chib yonish vaqtini boshqaring.
3.
Releni masofadan kodlar yordamida boshqaring, ya’ni 1 raqamini 
yuborsangiz rele ulansin, 0 raqamini yuborsangiz rele uzilsin.

Yüklə 362,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin