4 – LABORATORIYA ISHI.
SANOAT ROBOTLARINI PULTLI BOSHQARISH. SANOAT
ROBOTLARINING HARAKAT TIZIMLARINING MEXANIKASINI
TADQIQOTLASH.
I. Ishdan maqsad: Sanoat robotlarining harakat tizimlarini
harakatga keltirishda
ishlatiladigan rele va boshqa qurilmalar bilan tanishish.
II. Nazariy qism.
Rele
– elektr signali ta’sirida elektr jihozlarini elektr tarmog’iga avtomatik
tarzda ulovchi yoki uzuvchi qurilma hisoblanadi.
Bunda biz kichik kuchlanish
yordamida katta kuchlanishlarni ham boshqarishimiz mumkin. Masalan
arduinoning 5V kuchlanish orqali 220V li kuchlanishda
ishlaydigan uskunalarni
tarmoqga ulab uzishimiz mumkin.
Quyida biz 5V li manba asosida ishlovchi releni arduino yordamida
boshqarishni o’rganamiz. 1-rasmda relening umumiy ko’rinishi keltirilgan.
1-rasm. Relening umumiy ko’rinishi.
Bu yerda 1, 2, 3, 4, 5 lar relening oyoqchalari bo’lib, relening 3 oyog’i ichki
tomondan relening ichida joylashgan kontakka ulangan bo’ladi, tashqi tomondan 3
oyoqqa elektr manbaining bir uchi ulanadi. Relening 5 oyog’iga elektr manbaga
ulanishi kerak bo’lgan elektr jihoz (lampochka,
ventilyator, DC motor va h.k.)
ning bir uchi ulanadi. Elektr manba va elektr jihozning qolgan uchlari bir-biriga
ulanadi. Relening 1 va 2 oyoqlari orqali keluvchi signal ta’sirida relening ichidagi
kontakt relening 3 va 5 oyoqlarini ulaydi yoki uzadi.
Rele ulanmagan paytda
relening ichidagi kontakka 4 oyoqqa ulangan bo’ladi.
Relening 3 - oyog’iga arduinoning 5V sini, 5 oyog’iga esa shu manbada
ishlay oladigan (5 V da ishlaydigan boshqa qurilmalarni: svetadiod, DC motor va
h.k.) qurilmalarning “+” tomonini, qurilmalarning “-“ tomoniga GND ni ham ulab
ishlatsak bo’ladi.
Releni arduino yordamida boshqarib yuqori
kuchlanishli uskunalrni
boshqarish mumkin quyida uning ulanish rasmi keltirilgan.
Buning uchun:
arduinoning
5V
oyog’i relening 1 (
VCC
) oyog’iga ulanadi.
arduinoning
GND
oyog’i relening 2 (
GND
) oyog’iga ulanadi.
arduinoning
pin
oyog’i relening
IN
oyog’iga ulanadi.
va relemiz ish holatiga tayyor faxat arduinoga
dasturni kiritib sketchiga
yuklashimiz kerak.
1-Topshiriq: Rele ulanganda Serial portda “Rele ulandi” degan uzilganda esa
“Rele uzildi” degan yozuv chiqsin va rele 1 s davomida uzilib-ulanib tursin.
2-Topshiriq: Knopkani bosgan holda releni ishlatish.