Laboratoriya ishi № 4
Mavzu
:
Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari. Turli xil qidiruv
tizimlari bilan ishlash. Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan
ishlash. Pochta dasturlari bilan ishlash. Internet tarmog‘ida arxivlangan
fayllar bilan ishlash.
Ishning maqsadi:
Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari. Turli
xil qidiruv tizimlari bilan ishlash. Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan
ishlash. Pochta dasturlari bilan ishlash. Internet tarmog‘ida arxivlangan fayllar
bilan ishlashn o’rgatish hamda amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natija:
Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari.
Turli xil qidiruv tizimlari bilan ishlash. Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar)
bilan ishlash. Pochta dasturlari bilan ishlash. Internet tarmog‘ida arxivlangan
fayllar bilan ishlashni o’rganadilar va amaliy ko’nikmalarini mustahkamlaydilar.
Laboratoriya jihozlari:
Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.
Ish rejasi:
1.
Nazariy ma'lumotlar bilan yaqindan tanishish.
2.
Topshiriqlar variantlarini o'rganib chiqish.
3.
Topshiriqlar variantlarida keltirilgan masalalarni bajarish .
4.
Natijalarni olish.
Nazariy ma’lumot
Veb-sahifa tushunchasi va shakli.
Internet manzili (URL) bilan bir xil
ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb
sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob’ekt to‘g‘risida madumotiami o‘zida jamlagan
ma’lumotlar faylidir. Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo‘lsa, veb saytlar
esa o‘z navbatida sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML
turidagi fayldir. Veb sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va
boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik
shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir
freymga alohida sahifa mos keladi.
Veb-sayt tushunchasi va shakli.
Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish)
so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o‘rgimchak to‘ri ma’lum axborotni
topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy.
Mazkur manzil veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida,
bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari
mavjud bo‘ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari
yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil
topgan bo‘lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib
uning manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb-sayt shaxsiy,
tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Veb portal tushunchasi.
Veb portal (inglizcha “portal” - darvoza so‘zidan
olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash,
yangiliklar, forumlar va x.k) ko‘rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p
mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan
avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki
runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin.
Veb saytlarning toifalari va vazifalari.
Veb saytlarning asosiy vazifasi
shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning
Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir
necha xil toifalarga ajratish mumkin:
-
Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot
muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz
-
Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va
reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
-
Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do‘konlar, internet to‘lov
tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz,
webmoney.ru, egold.com
-
Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga,
fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga
bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
-
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni
qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan
saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru
-
Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari,
xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.
Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish.
Axborotni
serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk tizimi,
FTP klient dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish
mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompyuter xotirasidagi
ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompyuterga
joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart,
aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.
Ma’lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali
amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan veb saytdagi ma’lumotlarni Internet
brouzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl
ko‘rinishidagi ma’lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda fayllarni yuklab
olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili
. Sahifa,
fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil -
URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi:
resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan,
domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha:
http://www.tuit.uz
,
http://www.aci.uz
. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi
mariumotlammg tagiga chiziladi.
Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan
iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning
birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) - domenning ikkinchi
sathi va hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan.
Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo‘yicha
nomlanadi.
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi:
http://www
. sayt nomi. sayt soxasi. davlat kodi.
O‘zbekiston
Respublikasi
hukumat
portali.
O‘zR
Vazirlar
Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat
portalini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 17 dekabrdagi
259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan
Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop
etilgan axborot iblan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan.
Asosiy maqsadlari:
-
respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini
ta’minlash;
-
tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
-
axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning
xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
-
axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish.
O‘tgan vaqt mobaynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib
kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish,
foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor
ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi “Ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ - 1041 - sonli qaroriga asosan “Qo‘shimcha
modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat
portalini ishga tushirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1
oktyabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen
www.gov.uz
manzili bo‘yicha
joylashtirildi.
Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish.
ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 yil 28 sentyabrda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimovning
“O‘zbekiston
Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005
yil 28 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari
hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya
xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
ZiyoNETportali.
ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni,
shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, AT sohasida
kerakli ma’lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur
imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchilar._
ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga
ZiyoNet portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni
yaratib beradi. Jumladan,
-
ZiyoNet portalining kutubxonasiga axborot - ta’limiy ma’lumotlarni
joylashtirish;
-
uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satelitlarni yaratish;
-
ZiyoNET portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u erdan ma’lumot
olish;
-
ZiyoNET axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qatnashish.
ZiyoNet tarmog‘iga ulanish.
Hukumat qaroriga muvofiq barcha ta’lim
muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyoNET axborot ta’limiy tarmog‘i negizida
birlashishlari kerak.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim
markazi, Xalq ta’limi vaziriligi va Davlat test markazi veb saytlari va ulardan
foydalanish.
Ushbu ta’lim vazirliklari saytlari o‘zlarida oliy ta’lim va uning faoliyati, oliy
ta’lim muaasasalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va uning faoliyati, o‘rta-
maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari, xalq ta’limi va uning faoliyati, respublika
maktablari, ta’limning me’yoriy hujjatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni
mujassamlagan. Ta’lim muassasalari vazirliklari saytlari manzillari
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi veb-sayti:
www.edu.uz
-
O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim markazi:
www.markaz.uz
-
Xalq ta’limi vaziriligi veb sayti:
www.eduportal.uz
-
Davlat test markazi veb sayti:
www.dtm.uz
Masofaviy ta’lim va uning ahamiyati.
Masofaviy ta’lim - bu o‘qituvchi va
o‘quvchi bir-biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot
texnologiyalardan fodalanilgan holda ta’lim berish mexinizmi.
Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil
qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar
(mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi),
mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va
kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar
mavjudligi, ta’lim soxasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan
foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim soxasidagi odatlari.
Masofaviy ta’lim modellari:
1)
Birlamchi model;
2)
Ikkilamchi model;
3)
Aralashgan model;
4)
Konsorsium;
5)
Franchayzing;
6)
Validatsiya;
7)
Uzoqlashgan auditoriyalar;
8)
Proektlar.
Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan veb saytlar va ularning ahamiyati.
Internetning ichki tahdidlari tarmoq axborot makonining ahvoli va
rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Bular:
tarmoqning ortiqcha yuklanganligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning
ma’lumotlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, bog‘lamalar va trafikni “chetlab
o‘tish” yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari;
kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-
izlash tizimlarining mukammal emasligi; protokollammg “ma’naviy” eskirib
qolishi va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition).
Pearson. USA, 2014. 672-pages.
2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down
approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA, 2013.
3. М.Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv
qo‘llanma - Т.: “Noshir”, 2009 y.
4. Эндрю Таненбаум, Дэвид Уэзеролл. Компьютерные сети.
Издательство ПИТЕР 2012г. 960 стр.
5. Виктор Олифер, Наталия Олифер. Компьютерные сети. Принципы,
технологии, протоколы. Учебник. Издательство ПИТЕР 2016г. 992 стр.
6. М.Aripov, М.Fayziyeva, S.Dottoyev. Web texnologiyalar. O‘quv
qo‘llanma. Т.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013 y.
7. A.E.Begbo’tayev, R.M.Yusupov Tarmoq texnologiyalari. Oʻquv
qoʻllanma. Toshkent, «Tafakkur» nashriyoti, 2020. 340 bet.
Dostları ilə paylaş: |