Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Shumlanmaslikning fazilati haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   234
al adab ala mufrat

410-bob. Shumlanmaslikning fazilati haqida 
936. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Bir haj 
mavsumida menga ummatlarni ko'rsatishdi. Men ummatimning kupligi-dan xursand 
bo'ldim. Ular tekisligu tog'larni to'ddirib turgandilar. "Rozimisiz, ey, Muhammad?" - deb 
so'rash-di. Men: "Ha, Parvardigorim, roziman", dedim. Alloh jalli va 'alo: "Bulardan 
yetmish minggi jannatga bes-o'roq kiradi. Ular sehrgarlik qilmaydigan, o'zlarini 
kuydirmaydigan, shumlanmaydigan va Parvardigorlariga tavakkul qiladigan zotlardir", 
dedi. Ukosha (r.a.): "Ey, Rasulalloh, duo qiling, Alloh meni ham ana shular qatorida 
qilsin", dedilar. Ul zot: "Allohim, buni ham ana o'shalar qatoridan qilgin", deb duo 
qildilar. Yana bir kishi ham: "Meni ham duo qiling, Alloh meni o'shalardan qilsin", degan 
edi, Rasululloh (s.a.v.): "Bu borada Ukosha sendan ildamlik qildi", dedilar. 
411-bob. Jinlardan shumlanish haqida 
938. Alqama onalaridan rivoyat qildilar: "Bir chaqa-loq tug'ilsa, Oyisha (r.a.)ning 
oldilariga olib keli-shar, Oyisha (r.a.) unga barokat tilab duo qilar edilar. Yana bir boshqa 
chaqaloqni oldilariga olib kelishdi. Chaqaloqning yostig'i ostidagi ustarani ko'rib, buning 
sababini so'radilar. "Jinlardan sakdanish uchun", deb javob berishdi. Oyisha (r.a.) 
ustarani uloqgirib yubordilar. Ularni bunday qilishdan qaytarib: "Rasululloh (s.a.v.) 
shumlanishni yomon ko'rardilar", dedilar". 
412-bob. Yaxshilikka yo'yish haqida 
939. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech qanday ilatning yuqishi va 
shumlanish yo'q, menga yaxshii so'z -" yaxshilikka yo'yish yoqadi", dedilar. 
940. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Boyo'g'lidan shum-lanish behuda narsadir1, eng 
to'g'risi - yaxshilikka yo'yishdir, ko'z(ning tegishi) haqiqatdir". 
413-bob. Ismda yaxshilik alomatini ko'rish haqida 
941. Abdulloh ibn Soib (r.a.) aytdi Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiya sulxida o'sha yerda 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
edilar. Keyin Usmon ibn Affon (r.a.) shunday xabar berdilar: Suhayl ibn Amr (r.a.)ni "Bu 
yil qaytib ketasizlar va kelasi yili (biz Makkani sizlarga) uch kunga bo'shatib beramiz", 
degan shart bilan sulh tuzish uchun yubordilar. Suhaylning kelayotganidan ul zotga 
xabar berishganda: "Alloh ishlarimizni oson qilsin!" - dedilar. 
Bu o'rinda "Suhayl" so'zining ma'nosiga ishora qilinmokda. Zero "Suhayl" arabcha "Sahl" 
so'zidan olingan bo'lib, "oson", "engil" deganidir. 
1 Arablar boyo'g'lidan shumlanishardi. Xalqning aqidasiga ko'ra, agar qatl 
qilinganlarning qasosi olinmasa, ularning ruhi boyo'g'-liga aylanar va: "Meni qondiring! 
Meni qondiring!" - deb qichqi-rarmish! Qasosi olingach esa, uchib ketarmish! Islom 
vujudga kel-gach, bu kabi botil qarashlarni rad etdi. (F.s). Hozirgi zamonda ham 
ko'pgina xalklarda boyo'g'lidan shumlanish odati qolgan, jum-ladan, boyo'g'li sayrasa, 
unga tosh otish kabi odatlar bor. Bu botil narsalar insonni yo'ldan adashtiradi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin