Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
178
yosh bola edim, (shu yerda) o'tirdim. (Hz. Umar (r.a.) odatda) bir kishini biror ish bilan
jo'natsalar, (natijasini) aytib qo'yishni buyurardilar. (Hozir) u kishini o'rab olishibdi.
Ubay ibn Ka'b (r.a.) kelib dedi: "Xudo haqi, mo'minlar amiri
agar Allohdan duo qilib
so'rasa, Alloh taolo uni qutqaradi va ummatning boshiga yana qayta keltirib qo'yadi.
Hatto, ushbu ummat bilan bog'liq shunday-shunday ishlarni qilardi". So'ngra Ubay ibn
Ka'b (r.a.) mu-nofiqlarning ism va kunyalarini birma-bir sanadi. Men: "Aytganlaringni
hz. Umarga yetkazaymi?" - deb so'radim. "Yetkazishingni xohlaganim uchungi-na
bularni aytayapman", dedi Ubay ibn Ka'b (r.a.). Men undan ruhlanib, o'rnimdan turdim,
odamlardan hatlab o'tib, hz. Umar (r.a.) boshlari yoniga o'tir-. dim. "Siz
meni shu-shu
narsa(larni bilish uchun) yuborgandingiz, siz bilan shuncha (13 ta) odam yara-langan,
qotil hovuzcha yonida tahorat olayotgan
Kulaybni ham yaralabdi, Ubay ibn Ka'b Allohga
qasam ichib shunday-shunday dedi", dedim. Hz. Umar (r.a.): "Ubay ibn Ka'bni
chaqiring", dedi. Chaqirildi. (Ubay ibn Ka'b yetib kelganda hz. Umar undan): "Nima
deyapsan?" - deb so'radilar. Ka'b: "Shunday-shunday, deb aytayapman", dedi. Hz.
Umar: "Yo'q, Alloh-ga qasamki, duo qilmayman!
Ammo Alloh Umarni kechirmasa, u
badbaxt bo'lib qoladi", dedilar".
1177. Sha'biy aytdilar: "Bir kishi Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning oldilariga keldi, kelayotib
oldidagi qavm ustidan hatlab o'tayotgan edi, to'xtatib qolishdi. Abdulloh ibn Umar (r.a.):
"U odamni o'z holiga qo'yinglar", dedilar. U odam kelib oldilarida o'tirgach, "Rasululloh
(s.a.v.)dan eshitgan narsangni menga ham bildir", dedilar, U: "Rasululloh (s.a.v.)ning
shunday
deyayotganlarini eshitdim; "Haqiqiy musulmon boshqa musulmonlar uning
tilidan va qo'lidan salomat bo'lgan odamdir. Muhojir esa,
Alloh taolo qaytargan
narsalardan uzoq bo'lgan kishidir", dedi"'.
Dostları ilə paylaş: