Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
namoz o’qiyotganingda Rasululloh (s.a.v.)ning qaysi tomonlarida eding?" deb so’radi.
Anas (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)ning o’ng tomonlarida bo’ldim.Rasululloh (s.a.v.)
bilan namozni o’qib bo’lganimizdan keyin, "Bularning dunyo va oxiratini obod qilgin!" -
deb bizning xonadonimiz haqiga duo qildilar. Shundan keyin onam: "Yo Rasululloh, bu
kichik xodimchangiz Anas haqiga yana bir duo qilsangiz", deb so’radilar. Rasululloh
(s.a.v.) men uchun hamma yaxshiliklarni Allohdan so’rab va oxirida: "Ey, Alloh!
Anasning moli va farzandlarini ko’paytir va uni barakatlik qil!" - deb duo qildilar".
49-bob. Ona mehr-shafqatlidir
89. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)ga
bir xotin
(tilanchi) keldi. Hz. Oyisha (r.a.) unga uchta xurmo bergan edilar, u yonida olib kelgan
ikki bolasiga
undan bittadan berdida, bittasini o’zi uchun olib qoldi. Bolalar xurmolarini
yeb bo’lib, yana onalariga qarashdi. Ona qo’lida ushlab turgan xurmosini ikkiga bo’ldida,
yarimtadan bolalariga uzatdi. Rasululloh (s.a.v.) kelganlarida Hz. Oyisha (r.a.) bu
voqeani u janobga hikoya qilib bergan edilar, "Sen nega bundan ajablanasan? Ikki
bolasiga
marhamat, mehr-shafqat qilgani uchun Alloh taolo ham unga marhamat qiladi",
dedilar".
50-bob. Yosh bolalarni o’pish haqida
90. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir a'robiy kelib: "Sizlar
yosh bolalaringizni o’pasizmi? Bizlarda bunday odat yo’q", dedi. Rasululloh (s.a.v.):
"Alloh taolo sening ko’nglingdan rahmatini tortib olgan bo’lsa, uni men qanday qilib
sening ko’nglingga joylay olaman", dedilar".
91. Abu Hurayra (r, a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kuni nabiralari imom Husaynni
o’pdilar, shu vaqtda huzurlarida Aqra' ibn Hobis (r.a.) o’tirgan edilar. U kishi: "Mening
o’nta
bolam bor, ulardan bittasini ham o’pgan emasman", dedilar. Janob
Rasululloh(s.a.v.) unga qaradilar-da: "Marhamatlik bo’lmagan kishiga Alloh taolo ham
marhamat nazari bilan qaramaydi", dedilar".
Dostları ilə paylaş: