Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
198
625-bobdagi 1328-1329- Shu-hadislar 607-bobdagi 1293-hadisiing takrori.
626-bob. Sadoqat haqida
1331. Abu Tufayl (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Ji'roniyada go'sht taqsim
qilayotganlarini ko'rdim. Men u paytlar tuyaning bir a'zosini ko'tarib
turgan yosh bola
edim. Bir ayol ul zotning oldilariga kelib ridolarini ochdi. Men: "Bu kim?" degandim, "Bu
ayol ul zotning sut onalari" deb javob berishdi".
Makka atrofidagi Sa'd ibn Bakr qabilasidan bo'lgan ayol Halima Rasululloh (s.a.v.)ni
chaqaloqdikyaarvda emizgan va to'rt yoshlarigacha tarbiyalagan edilar (m.m.).
627-bob. Tanishish haqida
1332. Basra voliysi Mug'iyra ibn Sho''baning huzuriga bir odam kelib: "Alloh amirni(ng
ishlarini) isloh qilsin! Sizning soqchilaringiz tanigan-tanimaganni huzuringizga
qo'yaverishar ekan", dedi. U: "Alloh
uni kechirsin, tanimagan it quturgan tuya oldida
foyda beradi", dedi.
628-bob. Bolalarnimg o'yinlari haqida
1333. Ibrohim aytdilar: "Do'stlarimiz (o'ynayotga-nimizda) bizdan itlardan bo'lak hech
narsani qizg'an-masdilar". Abu Abdulloh aytdilar: "Bu go'daklarni
muhofaza qilish
uchundir".
1334. Abu Uqba aytdilar: "Men Ibn Umar (r.a.) bilan bir ko'chada ketayotib, bir to'da
habash bolalarning oddi-dan o'tdik. Ibn Umar (r.a.) ularning o'ynayottanlarini ko'rib,
yonlaridan 2 dirham chiqarib ularga berdilar".
1335. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasulul-loh: "O'rtoqlarim
mening oddimga
o'ynagani sekin ke-lishardi. (Ular) kichkina qizaloqiar edilar", dedilar.
Dostları ilə paylaş: