Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
shu yerda o’qiladigan ikki rak'at namoz o’zidan ilgarigi gunohlarga kafforat bo’ladi",
dedilar".
12. Abu Murra aytdilar: "Marvon ibn Hakam Madinadan biror joyga safarga ketganida o’z
o’rniga Abu Hurayra (r.a.)ni qoldirib ketardi. Abu Hurayra (r.a.)
Zu-l-Hulayfada turib,
o’zlari bir xonada onalari boshqa xonada yashardi. Abu Hurayra (r.a.) qachon o’z
xonalaridan tashqariga chiqadigan bo’lsalar, onalarining eshigi oldiga kelib salom
berardilarda: "Meni yoshligimda tarbiyat qilganingiz uchun sizga Alloh taoloning rahmati
bo’lsin", der edilar. Onalari ham u kishining salomlariga javob qaytarib: "Katta
bo’lganingda
menga yaxshilik qilayotganing, roziligimni olayotganing uchun senga ham
Alloh taoloning rahmati bo’lsin", - der edilar. Abu Hurayra (r.a.) tashqaridan qaytib
kelganlarida ham ona-bola o’rtasida shu muomala takrorlanardi".
Abu Murra - Abu Tolibning qizi Ummu Xonining yoki Aqilning ozod qilgan quli edi .
13. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
hijrat qilmoq uchun bay'at qilishga keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo’lmay,
xafaliqdan yig’lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sen
hozir ota-onang oldiga
bor! hijrat qilaman deb ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo’ldim, deb
ularni xursand qil", - dedilar".
Abu Murradan rivoyat qilingan 14-hadis 13-hadisshng mazmunan takrori, ammo unda
Abu Hurayra (r.a.)ning asp ismi sharifi Muso ibn Ya'qubdan eshitgani bo’yicha Abdulloh
ibn Amr ekashigi eslatshgadi.
Dostları ilə paylaş: