Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
134
"Ey, Hasosiy! Sen Allohdan rozi bo'lginki, qaysidir yaxttti ishing uchun u seni O'zining
Rasuli bilan birga bo'lmoqqa muyassar etdi", dedilar. "Oga-onam sizga fido bo'lsin.
Allohdan hech bir shikoyatim yo'q. U har bir xayrli ishga meni yo'lladi", dedim. Biroz
yurgach, mushriklarning qabristoni yonidan o'tdik. "Mana bular barcha xayrli ishlardan
yuz o'girib o'tdi-lar", dedilar. So'ngra musulmonlarning
qabristoni yonidan
o'tayotganimizda: "Bular esa, barcha xayrli ishlarni qildilar", deb marhamat qildilar. Shu
orada qabrlar ustida poyabzali bilan yurgan bir odam ko'rindi. "Ey, sabtiya kiyib olgan
odam! Poyabzalingai yechib tashla!" - deb buyurdilar. U ham tezda poyabzalini yechib
tashladi .
853-hadis mazmunan 852-hadisning takrori, bu hadis Hasosiyning xotini Laylodan
rivoyat qilingan.
368-bob. Barra degan ism haqida
854. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Juvayriyaning ismlari Barra edi, Rasululloh
(s.a.v.) uni Juvayriya, deb nomladilar".
855. Abu Hurayra aytdilar: "Maymunaning ismlari Barra edi, Payg'ambar (s.a.v.) unga
Maymuna ismini berdilar".
Mazkur hadis mazmuni Bashir ibn Ma'bad Sadusiqdan rivoyat Qilingan 793-hadisda ham
bor.
Maymuna - baxtli, qutlug'.
369-bob. Aflah ismi haqida
856. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan rivoyat qildilar: "Xudo menga umr
bersa, inshoalloh, ummatlarimni dan qaytaraman", dedilar. Roviy A'mash: "Rafi' ismi
haqida gapirgan yo gapirmaganlarini bilmayman", dedi. Odamlar: "Barakot bu yerdami?"
- deb so'raganda. "Bu yerda emas", deb javob beriddi. (Bu
bilan ism emas, so'zning
ma'nosi nazarda tutilmoqda). Rasululloh (s.a.v.) vafot etgunlarigacha bu ismlarni
taqiqlamadilar.
857. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ya'lo, Baraka, Nofi', Yasor,
Aflah va shunga o'xshash ismlar quyishdan qaytarishni xohladilar. So'ngra1 sukutga
cho'mdilar va boshqa hech narsa demadilar.
Dostları ilə paylaş: