362-bob. Sarm degan ism haqida 845. Abdurrahmon ibn Saiddan rivoyat qilindi: Sa'idning ismi Sarm edi. Rasululloh
(s.a.v.) uni "Sa'id", deb nomladilar.
846. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Hasan tug'ilgan vaqgda unga Harb, deb ism qo’ydim.
Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb qo’ydingiz?" -
dedilar. Biz: "Uni Harb deb nomladik", deganimizda, "Yo'q, uning ismi Hasan", dedilar.
Husayn tug'ilganda, uni ham Harb deb nomladim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga
o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb qo'ydin-gaz?" - dedilar. Biz: "Harb", dedik,
"Yo'q, uning ismi Husayn", dedilar. Uchinchi o'g'lim tug'ilganda unga Harb deb nom
qo'ydim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb
qo'ydingiz?" - dedilar. "Harb", dedik. "Yo'q, u Muhsindir", dedilar. So'ng: "Men bularni
Horun (ax.)ning Shibr, Shubayr va Mubashshir degan o'g'illarining ismlari kabi
nomladim", dedilar".
363-bob. G'urob degan ism haqida 847. Ummu Roita binti Muslimning otasi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan Hunayn
g'azotida birga qatnashdim. Ul zot mendan: "Oting nima?" - deb so'radilar. "G'urob"
deganimda, "Yo'q, sening isming Muslim bo'lsin", dedilar.
Sarm - keskin ma'nosini anglatadi, Sa'id - baxtli degani. Hasan - yaxshilik, ezgulik degani, Husayn Hasanning erkalatib aytilgani, Muhsin - yaxshilik qiluvchi degani. G'urob - qarg'a. Muslim - bo'ysungan, itoatkor.
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
133
364-bob. Shihob ismi haqida 848. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasulullohhuzur-larida uni Shihob, deb
chaqiripsharini aytdi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, sening oting Hishom bo'lsin" dedilar.
Shihob - nur, shu'la, yulduz, olov, Hishom - kamtarlik, tovozelik, uyatchanlik ma'nolarini anglatadi.