Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Qulning qasos olishi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   234
al adab ala mufrat

94-bob. Qulning qasos olishi haqida 
181. Ahmad ibn Yasir (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Kim o’z quliga zulm qilib uni 
noo’rin ursa, qiyomat kuni albatta undan qasos olinadi", dedilar. 
182. Abu Layla rivoyat qildi: "Salmon Forsiy (r.a.) uyidan chiqdi. Og’ilxonaga qarasaki, 
mollarga yetarli yem berilmagan. U qulini chaqirib: "Agar men oxiratdagi qasosdan 
qo’rqmaganimda senga tanbih bergan bo’lardim", dedi". 
183. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kuni 
zimmangizdagi haqni albatta o’z egalariga topshirasizlar, hatto shoxsiz qo’y uchun 
shoxlik qo’ydan ham o’ch olinadi", dedilar. 
184. Ummu Salama ummul-mo’minin (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) u 
zotning navbatida uylarida bo’lib, o’zlarining cho’rilari yoki Ummu Salamaning cho’risini 
chaqirdilar. Cho’ri (darhol kelmay) ta'xir qilgani uchun Rasulullohning muborak yuzlarida 
g’azab alomati ko’rindi. Shunda Ummu Salama (yo’lakdagi) parda tomonga bordilar, 
cho’ri o’sha yerda o’ynab o’tirgan edi. Rasululloh (s.a.v.) qo’llaridagi misvokni ko’rsatib: 
"qiyomat kunida o’ch olish xavfi bo’lmaganda edi, men seni shu misvok bilan urgan 
bo’lardim", dedilar. Muhammad ibn Hasan bu hadisga: "Cho’ri bir uy hayvoni bilan 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
o’ynashib o’tirgan edi. Cho’rini Rasululloh huzurlariga olib kelib: "Yo Rasulalloh! Cho’ri 
sizning chaqirganingizni eshitmadim. deb qasam ichayapti", degan jumlani qo’shdilar. 
185. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s a v.): "Kim kimni ursa yoki nimani ursa, 
qiyomat kuni undan qasos olinadi", dedilar". 
186-hadis 185-hadisning aynan takrori. 
95-bob. Qullarni o’zingizdek kiyintiring, degan hadis haqida 
187. Uboda ibn Somit aytdilar: "Men otam Valid ibn Uboda bilan ilm talab qilib 
ansorlarning mana shu ovuliga chiqdik. Bu voqea ularning halok bo’lishidan ilgari bo’lgan 
edi. Shunda birinchi yo’liqqan kishi Rasulullohning sahobiylaridan bo’lgan Abul Yusr 
(r.a.) bilan uning yonidagi quli bo’ldi. Abul Yusr burda bilan muofira kiygan va quli ham 
aynan shunday kiyingan edi. Men: "Ey, amaki! Unga maofiringizni bersangiz yoki uning 
maofirini olib o’zingizdagi burdani unga bersangaz, har ikkovingizda ham bir juftdan 
kiyim bo’lardiku", dedim. Shunda Abul Yusr boshimni silab: "BarakAlloh", dedilarda: 
"O’g’lim! Mening shu ikki ko’zim Rasululloh (s.a.v.)ni ko’rgan va qullaringizga o’zingiz 
yegan taomdan yediring va o’zingiz kiygan kiyimdan kiydiring, degan so’zlarini shu ikki 
qulog’im eshitgan va ko’nglim uni o’ziga joylagan. Men bu qulimga dunyo matolaridan 
berganim qiyomat kuni u savoblarimni olib qo’yganidan yaxshiroqdir", dedilar". 
Burda - kishi ustiga tashlab yuradigan yo’l-yo’l kiyim yoki to’rtburchak ma'nosida va 
maofira Yamandagi Maofir degan qabilaga mansub bo’lgan bir xil kiyimdir (t.). 
Ya'ni bu kiyimlarning narxi - qiymatida farq bo’lmasa ham birimizda bir xil, ikkinchimizda 
boshqa xil bo’lgani uchun qulimning ko’ngliga kelmasin, agar u bu ishimni ko’ngliga og’ir 
olsa, qiyomatda men Alloh oldida javobgar bo’lib qolishimdan qo’rqib shunday qildim
demoqchi bo’lsalar kerak . 
96-bobdagi 188-hadis mazmuni va 96-bobdagi 189-hadis mazmuni ham 186-hadisda 
o’tdi. Faqat bu hadislarda Rasululloh (s.a.v.)ning "Sizlar ularga og’ir keladigan ishlarni 
buyurmang", degan so’zlari keltirilgan. 188-hadis Jobir ibn Abdullohdan, 189-hadis 
Murur ibn Suvayddan rivoyat qilingan. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin