Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Birovni yuzi qora bo’lsin, deb qarg’amaslik haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   234
al adab ala mufrat

91-bob. Birovni yuzi qora bo’lsin, deb qarg’amaslik haqida 
172. Abu Hurayra (r.a.) Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh(s.a.v.: 
"Falonchining yuzini Alloh hunuk qilsin, deb duoibad qilmanglar", dedilar". 
173. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Hech kimni Alloh taolo yuzingni va mening yuzimga 
o’xshagan yuzni xunuk qilsin, deb aslo duoibad qilma, chunki Alloh taolo Hz. Odam 
(a.s.)ni ham o’z suratida yaratgandir". 
Bu "o’z suratida" degan ibora manosida ulamolar har xil fikr bildirganlar. Bazilar 
suratdan murod sifatdir, ya'ni Allohning sifatlaridan bazisi: bilish, ko’rish, eshitish kabilar 
Odam (a.s.)da va uning avlodlarida ham bor. Shuning uchun "Sening yuzishta o’xshagan 
yuzga ham" deganida, Alloh taologa qarata aytgan bo’ladi, deb talqin qilsalar, ba'zilar 
"(O’z surati) deb Odam (a.s.)ning suratini iroda qilgan, u vaqtda Odam (a.s.)ni duoibad 
qilgan bo’ladi", deydilar. Bu haqda yana boshqa e'timodli manbalarga murojaat qilish 
mumkin . 
92-bob. Yuzga urmaslik haqida 
174. Abu Hurayra (r.a.) Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (s.a.v.): 
"Qaysi biringiz o’z qulini ursa, yuziga ehtiyot bo’lsin", dedilar". 
Yuzda ko’zga tashlanadigan nozik a'zolar bor, ularga musht tegsa inson aybli va xunuk 
bo’lib qoladi. 
175. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) belgi qilish uchun yuziga 
tamg’a bosilgan bir hayvon yonidan o’tib qoldilar. Uning ikki burun teshigidan tutun 
chiqayotgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) "Shu ishni qilgan kishiga Alloh taoloning 
la'nati bo’lsin! Hech kim biron maxluqning yuziga tamg’a bosmasin va yuziga urmasin", 
dedilar". 
93-bob. Kim qulining yuziga ursa, uni ozod qilsin 
176. Bilol ibn Yasof (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Suvayd ibn Muqarrin (r.a.) hovlisida kiyim-
bosh sotayotgan edik. Bir cho’ri qiz chiqib bir kishiga nimanidir gapirdi, u kishi cho’rining 
yuziga bir shapaloq urdi. Shunda Suvayd ibn Muqarrin (r.a.) unga qarab: "Cho’rining 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin