Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Yaxshi hisoblangan ish sadaqa bo’ladi, degan hadis haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   234
al adab ala mufrat

115-bob. Yaxshi hisoblangan ish sadaqa bo’ladi, degan hadis haqida 
225. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) 
"Yaxshi deb hisoblanadigan har bir ish sadaqa bo’ladi", dedilar". 
226. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Har bir musulmon kishi sadaqa 
qilishi kerak", dedilar. Sahobiylar: "Sadaqa qilishga qodir bo’lmasachi?" - deb so’rashdi. 
"Sadaqa qilishga qodir bo’lmasa ishlaydida, o’ziga ham foyda va undan boshqa faqir 
miskinlarga ham sadaqa bo’ladi", dedilar. Sahobiylar yana: "Ishlashga ham qurbi 
yetmasachi?" - deyishdi. "U vaqtda muhtoj va mazlum kishiga qo’li yoki tili bilan yordam 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
qiladi", dedilar. Ular: "Buni ham qila olmasachi?" - deganlarida, "Yaxshilikka buyuradi", 
dedilar. Ular: "Amri ma'ruf qilishni ham bilmasachi?" - Deyishdi. "Kishilarga yomonlik 
qilishdan o’zini saqlaydi. Bu ham kishi uchun sadaqa bo’ladi", dedilar".
227. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga: "E RasulAlloh! Davlati bor kishilar 
ko’p savoblarga ega bo’lishadi, chunki ular biz o’qigan namozimizni o’qiydilar, tutgan 
ro’zamizni ham tutadilar. Buning ustiga ortiqcha mollaridan sadaqa ham qiladilar", 
deyiladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo sizlarga ham sadaqa hisoblanadigan 
ishlarni bergan emasmi? har bir subhonAlloh, alhamdulilloh deganlaringiz - sadaqa va 
har biringizning o’z jufti haloli bilan jinsiy aloqa qilib, nafsini qanoatlantirish ham 
sadaqadir", dedilar. Ular: "Yo RasulAlloh! Jinsiy aloqa qilish ham sadaqa hisoblanadimi?" 
- deyishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Agar shahvatni haromga sarflasa gunoh bo’larmidi? 
Xuddi shunga o’xshash o’z haloliga sarflasa, ajr va savob bo’ladi", dedilar. 
228-hadis 227-hadisning aynan takrori. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin