Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Yaxshilik qilganni duo qilish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   234
al adab ala mufrat

111-bob. Yaxshilik qilganni duo qilish haqida 
217. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Muhojirlar: "Yo RasulAlloh! Ansorlar o’z 
mukofotlarining barini olib ketdilar", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) bu gapga: "Xayr! Ularni 
duo qilganingiz qadar va Madinada sizlarni quchoq ochganliklari uchun ularni 
maqtaganingiz uchun ham sizlarga mukofot bor", deb javob berdilar. 
112-bob. Odamlarga tashakkur aytmagan Allohga tashakkur aytmas 
218. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): 
"Odamlarning qilgan yaxshiligi uchun tashakkur aytmaydigan kishi Alloh taologa ham 
tashakkur aytmaydi", dedilar". 
219. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh 
taolo nafasga chiq dedi, nafas men chiqishni istamasam ham majburan chiqaman, dedi", 
deganlar". 
113-bob. Birodarlarga yordam berish haqida 
220. Abu Zarr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.)dan: "Amallarning qaysi biri 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
yaxshiroq" – deb so’rabdi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taologa ishonmoq va uning yo’lida 
jihod qilmoq", dedilar. Yana: "Qanday qulni ozod qilish yaxshi?" - deyildi. Rasululloh 
(sa.v.): "Narxi qimmatroq va egasiga kerakliroq bo’lganini", dedilar. So’rovchi: "Agar 
shunga qodir bo’lmasa chi ?" - degan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Unday bo’lsa, kambag’al 
va yetimlarga yordam berasan va ishini uddasidan chiqa olmaydigan hunarsiz 
kishilarning ishini qilib berasan", dedilar. U: "Bunga kuchim yetmasachi ?" dedi. 
Rasululloh (s.a.v.): "U vaqtda odamlarga ozor berishdan o’zingni saqlaysan, bu ham o’z 
joning uchun qilgan bir sadaqang bo’ladi", dedilar". 
114-bob. Dunyoda yaxshilik qilganlar oxiratda mukofotga ega bo’ladilar 
221. Qo’baysa ibn Burma Asadiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida 
edim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu dunyoda yaxshilik qilgan kishilar oxiratda yaxshilikka 
erishadilar va shariatda yomonlik deb sanalgan ishlarni qiluvchilar oxiratda yomonlikka 
duchor bo’ladilar", dedilar". 
Bu hadisning ikkinchi ma'nosi: bu dunyoda kishilarga manfaati tekkan odamning u 
dunyoda ham manfaati tegadi, chunki dunyoda manfaatga tekkani uchun Alloh taolo 
unga savob beradi, o’sha savobi tufayli gunohkor kishilarni shafoat qil ishga yo’l ochiladi. 
Demak, bu dunyoda yaxshilik qilgani kabi u dunyoda ham yaxshilik qilgan bo’ladi. 
222. Harmala ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi bir necha otliq hamroqlari 
bilan o’z yurtidan chiqib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldilar. Bir oz turganlaridan 
keyingina Rasululloh (s.a.v.) u kishini tanidilar. Rasululloh (s.a.v.) u yerdan 
qo’zg’alganlaridan keyin dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.) yonlariga borib tursam ko’proq 
ilm o’rganaman", dedim: da, piyoda yurib yonlariga borib tik turdim va: "Yo RasulAlloh, 
menga nima ish qilishimni buyurasiz?" - deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Harmala, 
yaxshi deb hisoblanadigan ishni qil va yomon deyilgan ishlardan o’zingni tort!" - dedilar. 
Men keyin qaytib joyimga bordimda, yana Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib, u zotga 
yaqinroq turdim va avvalgi savolimni yana qaytardim. Rasululloh (s.a.v.) yana xuddi 
o’sha javobni qaytardilar-da: "Ey, Harmala! Kishilar oldidan chiqib kelganingda orqangda 
gapiradigan gaplardan qaysi biri senga ma'qul bo’ladigan bo’lsa, o’shani qil! Ammo 
ma'qul bo’lmaydigan bo’lsa, undan o’zingni sa?la", dedilar. Shundan keyin men o’z 
joyimga borib Rasululloh (s.a.v.)ning shu qisqa nasihatlarini o’ylab ko’rsam, u hamma 
narsani o’z ichiga olgan purma'no so’zlar ekanini bildim", dedilar. 
223-224-hadislar mazmuni 222-hadisning mazmunan takrori, ammo bu hadis Salmon 
Forsiy (r.a.)ning Hz. Usmon ibn Affon (r.a.)dan qilgan rivoyat qiladilardir. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin