Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Rasulullohning yurishlari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   234
al adab ala mufrat

127-bob. Rasulullohning yurishlari 
256. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan hadis rivoyat qilgan vaqtlarida: "Menga 
ikki kiprigining mo’yi o’siq va ingichka, ikki beli oq, kelayotganda va ketayotganda ham 
to’ppa-to’g’ri yuradigan zot so’zladilar. Birorta ko’z u zotdek kishini ko’rmagan va aslo 
ko’rmaydi ham", deb Rasululloh (s.a.v.)ni ta'riflar edilar. 
Beli oq degani - ich tomoni, yuragi toza, oq ko’ngilli ma'nosida. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
128-bob. Maslahat so’raladigan kishi amin bo’lishi kerakligi haqida 
257. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abul Haysam (r.a.)dan: "Sening 
xodiming bormi?" - deb so’radilar. U kishi: "Yo’q", deb javob qilganlaridan keyin: "Unday 
bo’lsa bizga asirlar kelganida bir kelib ket", dedilar. Asirlar kelgandan keyin Abul 
Haysam ham keldilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Mana shu ikkita asirdan birini 
o’zingga tanlab ol!" - dedilar. U kishi: "Yo RasulAlloh! O’zingiz men uchun tanlab bera 
qoling!" - dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Maslahat so’ragan kishi albatta amin bo’ladi. 
Mana bu asirni olaqol, men uning namoz o’qiyotganini ko’rdim, unga yaxshi qara", 
dedilar. Keyin Abul Haysamning xotinlari: "Siz Rasululloh (s.a.v.)ning "Bunga yaxshi 
hara", degan buyruklarini faqat asirni qullikdan ozod qilish yo’li bilangana bajarasiz", 
degan edi, AbulHaysam: "Unday bo’lsa men uni ozod qildim", dedilar. Shusda 
Rasululloh(s.a.v.): "Alloh taolo har bir payg’ambar yoki uning xalifasini xalqqa 
yuborganda, albatta ularning ikkita sirdon maslahatguyi bo’ladi. Ulardan biri yaxshilikka 
buyursa, ikkinchisi unga yomonlikni tavsiya qiladi va shunday qilishdan tortinmaydi. 
Mana shunday yomon maslahatgo’y sirdondan saqlanib qolgan kishi boshqa 
yomonliklardan saqlanadi", dedilar". 
Bu yerda Abu-l-Haysamning xotinini aqlli, yaxshi maslahatgo’y ekan, deb yaxshi sirdon 
maslahatgo’yiga o’xshatadilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin