Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Kishilarga ochiqyuzlilik bilan harash haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   234
al adab ala mufrat

124-bob. Kishilarga ochiqyuzlilik bilan harash haqida 
247. Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) bilan uchrashib, u 
kishidan Tavrotda Rasululloh (s.a.v.)ning sifatlari haqida yozilgan gaplarni menga aytib 
bersangiz, deb so’radim. U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning Qur'onda aytilgan sifatlari dan 
ba'zisi Tavrotda ham bor, dedilarda, "Ey, Pay-hambar! Darhaqiqat. Biz Sizni (qiyomatda 
barcha ummatlarga) guvoh bo’luvchi, (jannat haqida) xushxabar beruvchi va (do’zax 
azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik", deb "Ahzob" surasidagi 45-oyatni o’qidilar. 
(Yana Tavrotda shunday sifatlangan): "O’qish va yozishni bilmaydigan xalqlar (arablar)ni 
muhofaza qiluvchi qilib yubordim", deyilgan. Unda yana: "Ey, Muhammad! Sen mening 
bandam va elchimsan. Men senga o’zimgagana tavakkul qiluvchi, deb nom qo’ydim. Sen 
badxulq va qo’pol muomalalik, yomonlikka yomonlik qaytaruvchi emas, balki yomonlikni 
kechiruvchi, afv qiluvchisan. Sen Ibrohim xalilullohning o’zidan keyin buzilgan va 
o’zgartirilgan dinini barpo qilib, arablar "Lo iloha il-lolloh" kalimasini aytib, shu kalima 
bilan ko’r ko’zlarini, garang quloqlarini va yaralangan dillarini ochmaguncha dunyodan 
ketmaysan", deyilgan, dedilar". 
248-hadis 245 va 246-hadislarning takrori, hadis Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat 
qilingan. 
249. Muoviya ibn Abu Suf'yon (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan bir so’z 
eshitdim. Shu so’z tufayli Alloh taolo menga manfaat yetkazadi. Rasululloh (s.a.v.): 
"Sen kishilarning aybi va kamchiligini surishtirib yursang ularni buzib qo’yasan", degan 
edi-lar. Shuning uchun men ularni buzib qo’ymay deb kamchiliklarini tekshirib 
yurmayman". 
Kishilar aybini qidirib, uni fosh qilinsa, oshkora qilinib yuradigan gunohlar maxfiylashadi. 
Unda bir gunoh o’rniga ikki gunoh qilib, axloq tanazzulga yuz tutadi. 
250. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ikki qo’llari bilan imom ?asanning 
yoki imom Qusaynning ikki kaftidan ushlab ikki oyoqini o’z oyoklari ustiga qo’ydilar va 
unga "balandga chiq", dedilar. Shunda bola ikki oyoqini ko’tarib Rasululloh (s.a.v.)ning 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
muborak ko’kraklariga qo’ydi. Keyin Rasululloh (s.a.v.) bolaga "Og’zingai och", 
dedilarda, uni bo’sa qildilar va keyin: "Ey, Rabbim! Bu bolaga o’z muhabbatingni yubor, 
chunki men uni sevaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.)ning shunda gapirgan gaplarini 
mana shu ikki qulog’im eshitdi va qilgan harakatlarini ikki ko’zim ko’rdi". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin