Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu



Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
Abdussalom Ashriy 
Muhammad Abdulg’ani Hasan 
XADICHA BINTI XUVAYLID
  
Roziyallohu anho 
Tarjimon: Qurbonali Tursunov. 
“Movarounnahr” 
Toshkent – 2006 
Ushbu risola Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning ayollari, u zotga 
ilk iymon keltirgan zoti sharifa, barcha mo’minlarning onasi – Xadicha roziyallohu anho 
hayotiga bag’ishlangan. Unda Xadicha onamizning bolaliklari, oilalari, Payg’ambarimizga 
qanday turmushga chiqqanlari, Islom dini yo’lida chekkan mashaqqatlari hikoya qilingan.
Asar Islom dini tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
1 – FASL. XONADON GULI 
Xuvaylidning hovlisi hursandchilik, baxt-surur, do’stlik va yaxshilik tuyg’ulari bilan to’lib 
– toshgan edi. Chunki qizi Xadicha bu honadonga o’zgacha fayz bag’ishlab turardi. Oila 
a’zolarining barchasi uni yaxshi ko’rar, dildan suyar, hatto qo’ni – qo’shnilar ham uni 
alqab, ko’nglini chog’lashga harakat qilishardi. Uni barcha birday tilidan bol tomib 
maqtar, bir so’z bilan aytganda, u hammaning mehr-muhabbatini qozongan edi.
Xuvaylid Quraysh saidlaridan bo’lib, har bir ishda qavmiga maslahatgo’y edi. Usiz biron 
ish boshlanmasdi. Garchi uning oilasi kattagina bo’lsa-da, ehson qilishda bemisil, o’ta 
sahiy inson edi. Uning hovlisini odamlar “ofiyat maskani” deb bilishardi. Bu yerda 
mehmonlar hotirjamlik, rohat va go’zal muomala topardilar. Bu hovlida sahovat 
dasturhoni hamisha ochiq edi. 
Xadicha bunday muhitda, tabiiyki, sahiy va marhamatli bo’lib voyaga yetdi. Boylikka hirs 
qo’ymadi. Inson hayotining mazmuni faqat mol-mulk bilan o’lchanmasligini anglab yetdi. 
Bu ne’matlarni yetkazgani uchun Allohga shukur qilish lozimligini bir zum ham unutmadi. 
U faqir va muhtojlarga qo’lidan kelganicha ko’mak berar, bu yo’lda mol-mulkini sira 
ayamas edi. Tilanchilarning qo’lini qaytarmas, hamisha musofirlarning hizmatida bo’lar, 
biron narsa so’rashsa, og’rinmay berar, hammani hojatini chiqarishga shay turardi.
Xadichani bunday go’zal hulqini ko’rib, tabiiyki, qarindosh-urug’lari, qavmdoshlarining 
boshi ko’kka yetardi. Ayniqsa, qalbi rahmat va halimlik bilan limmo-lim bo’lgan otasining 
shodligini aytmaysizmi?! Qizidagi go’zal fazilatlarni ko’rib, unga bo’lgan mehri kun sayin 
oshardi. Yaxshi hulqi, o’tkir zehni, fahm-farosati va uddaburonligi uning porloq 
kelajagidan, imon-tavfiqidan darak berar edi.


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin