www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Keyin jilmayib qo’shib qo’ydi: “Lekin men bundan ko’proq kechiktirishga qodir
emasman”. Fotima ham jilmaydi. Xadicha yuzini yashirdi. Keyin ular tarqaldilar. Ota-
ona qizlarining kelajagi, bo’lajak kuyovlari, ularning o’zaro turmushi haqida shirin
hayollar surishardi.
3 – FASL. TO’Y HAYAJONI Karvon Makkaga xilma-xil yuklar bilan qaytdi. O’ziq – ovqat mahsulotlari, meva –
chevalar, atir – upalar, turli liboslar, chakmonlar va boshqa shunga o’xshash noyob
molar olib keldi. Unda Xuvaylid va Atiqning yuki ham bor edi. Chiroyli gazlamalar, nafis
to’shaklar, qimmatbaho fors gilamlari… Ular har qanday odamning ko’zini quvontirardi.
Xuvaylid ularni Xadichani sepiga atagan, kuyovi Atiqqa hadya etmoqchi edi.
Makkaliklar to’y kechasini intizorlik bilan kutardi. Ayniqsa, to’y kambag’allar uchun katta
shodiyona edi, ular so’yiladigan jonliqlar go’shtidan, turli noz-ne’matlardan bahramand
bo’lishga oshiqardilar. Qoni qaynoq yigitlar esa to’y sahnasida o’zlarining qilichbozlik
borasidagi mahoratlarini namoyish etishni istardi. To’y tantanalarida Makka boylari
o’zlarining ustun jihatlarini ko’z-ko’z etib, kayf – safo qilardi.
Bu kechani yoshu qari birday intiqlik bilan kutmoqda. Erkagu ayol to’yning qachon
bo’lishini tinmay surishtirardi. Ular o’z liboslarini ko’z-ko’z qilib, qimmatbaho
taqinchoqlarini maqtanishni, o’z uylarining ko’rki va boyliklari bilan fahrlanishni juda-
juda istaydilar. Yana boshqalari esa Xadichaning o’z kuyoviga qanday qimmatbaho
hadya berishi bilan qiziqardilar, o’zlaricha taxmin qilardilar. Tabiiyki, kelinning sepi bilan
qiziquvchilar ham kam emasdi.
Hammaning tilagi bitta: kelin-kuyov uzoq va barakali turmush qurishsin, uvali-juvali
bo’lishsin.
Fotimaning qo’li-qo’liga tegmaydi – u qizining to’yini o’ylab hayajonda, kerakli narsalarni
tayyorlashga kirishgan. Ba’zan hayol olib qochar, “Qizim boshqa xonadonga ko’nikib
ketarmikan, qiynalmasmikan?” deya tashvishlanardi. Bu o’y, albatta, Xadichada ham
yo’q emasdi. U umr yo’ldoshi bilan bir-birini tushungan holda, tinch-totuv, baxtli hayot
kechirishini istardi. Ba’zi oilalarning buzilib ketishiga sabab murosasizlik deb bilardi.
Xadichaning to’yi bo’layotganidan barcha – qo’ni-qo’shnilar ham, qavmning saidlari ham
hursand edilar. Yoshu qari hamma to’yda qo’shiq-yalla aytib, o’yin-kulgu qilishni o’ylardi.
Har bir qiz kelin bilan birga uning yangi uyiga birga borishni jon-jon deb hohlar, faqat
Xadichaning taklifiga ilhaq edi. Xadicha bolaligi o’tgan ota uyiga entikish bilan qarar,
so’ng hali o’zi uchun notanish bo’lgan yangi honadoni, turmush o’rtog’I haqida o’ylar edi.
U qalbidagi hadikni so’ndirishga harakat qilarkan, o’z-o’ziga dedi: “Allohning hukmidagi
kelajakdan qo’rqishim nimasi?! Mendan nima ham talab qilinardi?! Albatta, er-xotin
o’rtasida do’stlik bo’ladi-ku. Men erimga suyanchiq, yordamchi bo’laman. Ahli va molini
ko’z qorachig’imday asrab, uning roziligini topishga harakat qilaman, - bir oz tin olib,
fikrida davom etdi: - Nimadan qo’rqyapman o’zi? Otamning uyida hamma ishlarni o’zim
bajaraman-ku. U yoqda ham tadbir bilan ish yuritaman. Aql – idrokim, fahm – farosatim
bo’laturib, nega endi noqulay vaziyatga tushishim, muammolar tug’dirishim, erimni qiyin
vaziyatga qo’yishim, unga achchiq qilishim kerak ekan?!” Keyin turmush qurib, erlari
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy