Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
yuklarimiz oldida, daraxtlarning soyasi ostida o’tirdi. Bu daraxtzor yaqinida bir rohibning 
ibodatxonasi bor ekan. Rohib Muhammadni ko’rgach, mendan, daraxtning ostida o’tirgan 
kishi kim, deb so’radi. Unga, Qurayshlik yigit deb javob berdim. Rohib hayajon bilan:. 
"Ana shu kishi aniq, payg’ambar qilib yuborilgandir. Alloh taolo tez orada odamlar 
orasidan bir elchi saylaydi. Daraxtning ortida o’tirgan kishi bo’lajak payg’ambardir!" 
dedi». 
Хadichaning hayrati oshgandan-oshdi. Amakisining o’g’li Varaqa ibn Navfalning 
aytganlari rost chiqayotgan edi. "Nahotki, odamlar aytayotgan payg’ambarning zohir 
bo’lishiga oz vaqt qolgan bo’lsa?" dedi o’ziga o’zi. Do’konidan qaytgach, Varaqa ibn 
Navfalning huzuriga shoshildi. Unga ko’rgan-eshitganlarini hikoya qildi. Amakisi hayajon 
ichra: "Хadicha, u boshqalarga o’xshamaydigan inson", dedi. 
Хadicha: "U payg’ambar bo’lgunicha kutib turaymi?" deb so’radi. "Albatta, u payg’ambar 
bo’ladi, — dedi Varaqa. — Uning sifatlari, husni, xulqi shundan dalolat berib turibdi. 
Alloh uning martabasini hozirdanoq boshqalardan yuqori qilib qo’ydi. 
Хadicha uyiga qaytarkan, bir qarorga kelgan edi. Barcha payg’ambarlik sharafi 
Muhammadga nasib etishini ta’kidlayotgan bir paytda imkoniyatni boy bermaslikka ahd 
qildi. U bu sharofatli yigitga turmushga chiqishni diliga tugib qo’ydi. 
 
11-FASL. ТARADDUD 
Хadicha yaqin orada yer-yuziga rahmat sifatida yuboriladigan payg’ambar haqida o’ylar 
edi. El orasida keng tarqalgan fisq-fasodga barham berib, insonlar o’rtasida tenglik 
o’rnatuvchi, Baytulloh atrofini yomonliklardan tozalab, tinchlik va omonlikki qaror 
toptiruvchi nabiy haqida fikr yuritardi. Bu payg’ambarning kelishiga yaqin qolganini 
yurakdan his etardi. U tushida hovlisiga tushib porlagan, keyin butun atrofni yoritgan 
Quyoshdir. Kim unga turmushga chiqsa, buyuk fazl egasiga daxldor bo’ladi. 
Parvardigorimizning risolatini yoyish yo’lida yordam beradi. Тabiiyki, payg’ambarga 
yordam bersa, qo’llab-quvvatlasa, Allohning roziligiga ega bo’ladi. Bu ne’mat oldida 
uning tijorati, moli hech qanday qiymatga ega emas. 
U faqat shunday maqomga erishishni o’ylardi. Lekin qanday qilib unga yetishish 
mumkin? Bu haqida gap ochishga hayo, andisha to’sqinlik qilardi. Agar taklifini rad etsa-
chi, unda nima qiladi? Turmushga chiqish taklifi o’zidan chiqqanini eshitgan odamlar 
keyin malomat qilishmaydimi? 
Bunday javobsiz savollar uni qiynar, lekin bir yo’lini qilmasam bo’lmaydi, deb o’ylar edi 
u. Bir sirdosh dugonasi bilan fikrlashguncha ana shunday ikkilanishda yashadi. Хadicha, 
avvalo, sirdoshiga atab qo’ygan sovg’asini uzatdi. Muloyimlik bilan: "Nafisa, tuhfam 
senga yoqdimi? Unga qanday baho berasan?" deb so’radi. Nafisa qo’lidagi sovg’ani 
hayratlanib tomosha qilardi. "Тo’g’risi, bunaqa chiroyli narsani oldin hech ko’rmagan 
edim, — dedi Nafisaning ko’zlari yonib. — Buni Shomdan Muhammad keltirgan, 
shunaqa-mi? U chiroyli yigit, go’zallikni sevadi". Хadicha: "U juda kamtar yigit", dedi. 
Nafisa fikrini davom ettirdi: "U omonatga sadoqat, rostgo’ylik bilan nom qozongan. U 
Makka shaytonlari orasida o’zining yoshligi, quvvati, chiroyi, nasabini pok tutgan Amin 
emasmi?!» 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin