Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
Bir oz sukut saqlab turgach, yana Хadichaga yuzlanib: "Ey bekam, u savdo ishlaringizni 
bekamu ko’st, chiroyli bajaryapti. U barakotli yigit. Kim unga turmushga chiqsa, baxtli. 
bo’ladi", dedi. 
Yuragi tez-tez urayotgan Хadicha: "Agar soliha bo’lsa..." deb qo’shib qo’ydi. Nafisa 
Хadichaning ko’nglida nima gap borligini sezdi. Axir, har qanday qiz unga tegishni orzu 
qiladi. Bugun kambag’al bo’lsa, ertaga boy bo’lishi mumkin. Chunki u yetuk aql egasi, 
yomonliklardan uzoq yuradi, bunday xulqqa ega inson davlatmand bo’lishga haqlidir.
Nafisa: "Bekam, Muhammad haqida biror narsa o’yladingizmi? — deb so’radi Хadicha 
ko’nglini yorishidan umidlanib. — U bugungacha o’zi orzu qilgan soliha ayolni topolmadi. 
Balki u Parvardigorining amri bilan ish yuritayotgandir. Ehtimol, u Makka ayollarining 
eng go’zali, saxovati, zakovati va sabri bilan boshqalarga o’rnak bo’lgan Хadichaga 
uylanar?! Axir, undan afzal ayolni qayerdan topadi?! Ey bekam! Muhammad boshqa 
kimsalar singari o’ylanmaydi. U yuragi toza yigit, eng avvalo, insondagi ezgu fazilatlarni 
qadrlaydi, go’zal xulqli umr yo’ldoshi topsam, deydi". 
"Yosh-chi? Rafiqasining o’zidan katta yo kichikligiga qaraydimi?" deb shoshilib so’radi 
Хadicha. "Yosh unchalik muhim emas, — dedi Nafisa, — muhimi Allohning amriga rizo 
nafs va mehr to’la qalbdir. Хo’sh... u bilan orangizda necha yosh farq bor?". 
"Un besh yosh". 
"Ayollarga yoshiga qarab baho berilmaydi. Muhammad bunga ahamiyat bermaydi, deb 
o’ylayman. Unga turmushga chiqmoqchi bo’lganingizni odamlarga sezdirmasdan o’ziga 
aytib ko’raylik. Agar rozi bo’lsa, Alloh yaxshilikni iroda qilgani shu; mabodo rozi 
bo’lmasa, hech kim bilmay qo’ya qiladi. Biz hech narsa yo’qotmaymiz". 
Хadichaning nafas olishi tezlashdi: "Хo’sh, bu ishning boshida kim turadi?" "Kim bulardi, 
bekam, albatta, men turaman, — dedi mamnunlik bilan Nafisa, — Bu ishga men 
kafilman". 
Хadicha behad xursand bo’ldi. Muhammad huzuriga borib, uning taklifini yetkazishga 
rozilik berdi. Shu taxlit kechgacha gaplashib o’tirdilar. Хadicha ulkan quyosh bilan 
bog’liq, tushini unga aytib berdi. Amakisining ta’birini, safarda Muhammadga hamroh 
bo’lgan Maysaraning ko’rganlarini aytdi. O’sha safardan olingan katta daromad haqida 
so’zladi. Aytilganlardan xulosa chiqarib, Nafisa: "Muhammad yaqinda payg’ambar bo’lsa 
ajabmas, — deb ta’kidladi. — U shunga munosibdir!" 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin