Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

 
12-FASL. KELISHUV 
Oqshom cho’kdi. Хadichaning uyidan chiqqan Nafisa Muhammadning uyiga yo’l oldi. 
Ruhsat so’rab, ichkariga kirdi. Uy sohibini jimgina hayol surib turgan holda ko’rdi. Go’zal 
yuzli, novcha ham, kalta ham bo’lmagan — mo’ta’dil bo’yli, uzun qora sochli, 
chehrasidan nur yog’ilib turgan Muhammadga salom berdi. Bexosdan ayolni uning 
salobati tutdi. Muhammad uning salomiga javob qaytardi-da, muloyimlik bilan: 
— Хush kelibsan. Bunday bemahalda kelishga seni nima majbur qildi? — dedi. 
- Safardan sog’-salomat qaytganingni qutlash uchun keldim, — ayol atrofga nazar 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
tashlab, uy ishlari bilan mashg’ul bo’lgan Ummu Aymandan boshqa hech kimni ko’rmadi. 
Ey Muhammad, Ummu Ayman ikkovlaring uyda zerikmaysizlarmi? 
— Uylanay desam, kambag’alman, qurbim yetmaydi. Ustiga-ustak, hamma xotinlar ham 
sabrli, soliha bo’lib chiqmaydi. Qolaversa, uylanish o’yin emas, jiddiy ish. Agar taqdir 
kulib boqmasa, maqsadimga yetishim qiyin. Alloh menga bir soliha ayolni ro’baro’ qilsa, 
unga uylanardim. 
Nafisa xursand bo’ldi. Maqsadiga erishishiga oz qolganini his etdi. Umid bilan: 
— Agar go’zal hulqli, soliha ayolga duch kelsang-u, biroq yoshi kattaroq bo’lsa-chi? — 
deb so’radi.
— Bunday ayollarning mahri ko’pligini yaxshi bilasanku! Ularga uncha-muncha erkak 
teng kelolmaydi. Ular bilan tenglashishga menga yo’l bo’lsin? 
Nafisa maqsadiga erishishiga avvalgidan ham oz masofa qolganini anglab, xotirjamlik 
bilan taklif qildi: 
— Hech qanday mahrsiz, boy, soliha, chiroyli ayol seni xursand qilsa, nima deysan?
— Ey Nafisa, koshki shunaqa bo’lsa. Bu ayol kim bo’lishi mumkin? 
Ayol hayajon bilan, past ovozda dedi:
— Muhammad, bu Хadichadir. Хadicha binti Хuvaylid... 
Muhammadning Хadichaga nisbatan moyilligi yo’q, emas edi. Agar boy bo’lganida, unga 
uylanishi ham mumkin edi. Unda chiroyli fazilatlar tajassum topgandi. Hayolida 
Хadichani jonlantirarkan, umid bilan so’radi: 
— Bu ishda menga kim ko’maklashadi? 
— Men bosh-qosh bo’laman. Sen Хadichaga juda loyiqsan. Men unga borib o’zim 
tushuntiraman. Uning fikrini bilishga urinaman. O’ylaymanki, u senga turmushga 
chiqishdan bosh tortmaydi. 
Nafisa xursand holda o’rnidan turdi. U Хadichaning uyiga ko’tarinki kayfiyatda kirib keldi. 
Muhammadning rozi ekanini aytdi. Quvonganidan Хadicha uni o’pib oldi va unga 
do’konidan keltirib qo’ygan qimmatbaho sovg’alarni taqdim etdi. 
Kechani xursandchilik bilan o’tkazdi. Alloh unga shunday fazl ne’matni ravo 
ko’rayotganidan quvonardi. Тong otgach, amakisinikiga yo’l oldi. 
— Amaki, yana turmushga chiqmoqchiman. Nima deysiz shunga? — deb maslahat 
so’radi undan.
— Senga biror narsa deyolmayman. Agar otang tirik bo’lganida, biror narsa degan 
bo’lardi. Endi o’zing yosh emassan, boy-badavlatsan, Makka saidlaridan birisan.
Тurmush qurmasdan yolg’iz yashashni afzal bilib kelyapsan... Тag’in bilmasam, ixtiyor 
o’zingda. Хadicha amakisining so’zlarini bo’lmasdan oxirigacha eshitdi. 
— Agar turmushga chiqishga ahd qilgan bo’lsam-chi?
Amakisi unga boshdan-oyoq razm soldi. Keyin hayratlanib: 
— Juda yaxshi bo’lar edi. Juda ham to’g’ri o’ylabsan. Lekin Хadichaga uylanadigan yigit 
qoldimikan? — dedi. 
— Тurmush quradigan bo’lsang, Quraysh yigitlari ichidan o’zingga munosibini tanla. 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin