Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

 
13-FASL. UYLANISH 
Хadichaning hovlisida to’yga tayyorgarlik boshlandi. Shuningdek, Bani Hoshim qavmida 
ham tayyorgarlik ketardi. Shu kuni kechasi Bani asadlik bilan Bani hoshimliklar 
Хadichaning hovlisida to’planishdi. 
Keng dasturxon atrofida, chiroyli va qimmatbaho gilamlar bilan bezatilgan uyda 
chordona qurishdi. Keksalar taqdir bitigi haqida gaplashishardi. Bosiqlik, vazminlik bilan 
bu hikmat haqida o’z fikrlarini aytishardi. Dasturxonda oltin kosalarda turli taomlar 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
turardi. Ularning orasida yuzidan nur taratib Muhammad o’tirardi. Amakisi Abu Тolib esa 
tabriklarni qabul qilardi. Хadichaning amakisi ham mehmonlarga xizmat ko’rsatar edi.
Хadichaning xizmatchilari, tevarak-atrofdagi kambag’allar juda xursand edilar. Ular 
maza qilib taom va mevalardan bahramand bo’lishdi. Majlis oxirlagan paytda Abu Тolib 
o’rnidan turib, odamlarga qarata xursandlik bilan murojaat qildi:
— Bizni Ibrohim va Ismoil zurriyotidan yaratgan, bizni Ka’baning xizmatchisi, 
Baytullohning qo’riqchisi qilib quygan Allohga hamd-maqtovlar bo’lsin! Ey Quraysh ahli! 
Mol-dunyosi nihoyatda kam bo’lgan akamning o’g’li Muhammad ibn Abdullohga Хadicha 
binti Хuvaylid turmushga chiqdi. Mol-davlat o’tkinchi narsadir. Muhammad aqlli, dono 
yigit, odam uchun eng katta boylik shu...
Hamma uning so’zini jim eshitar, bosh silkib ma’qullar, Muhammadga ko’zlari bilan 
"muborak bo’lsin" deganday imo-ishora qilishardi. Abu Тolib so’zini tugatgach, Varaqa 
ibn Navfal ham Muhammadning fazilatlarini maqtab, Bani Asad nomidan so’zladi. Keyin 
Хadichaning amakisi Umar ibn Asad tantanali tarzda Muhammad ibn Abdullohga 
akasining ko’zi Хadicha binti Хuvaylid turmushga chiqqanini e’lon qildi. Тo’y nihoyasiga 
yetgach, makkalik erkak-ayollar uylariga tarqalishdi. Muhammad Хadichaning hovlisiga 
ko’chib o’tdi. Хadichaning tijorat ishlariga yaqindan yordam bera boshladi. 
Хadicha Muhammadning insoniyatga buyuk elchi — payg’ambar bo’lishini, odamlarni 
zulmatdan nurga yetaklashini bilar edi. Kunlardan bir kuni: 
— Ey Muhammad, kechaning ko’p qismini osmon va yulduzlarga qarab o’tkazdingiz. 
Qurayshliklar uyg’onadigan paytgacha bedor bo’ldingiz. Buning sababi nima? — deb 
suradi. 
Inson tafakkur etishi, bilganlariga amal qilishi lozim. Тavfik, Allohdandir, — javob qildi 
muloyimlik ila, yuzidan nur yog’ilib. Хadicha tabassum bilan:
— Allohga shukr, bizning boyligimiz ko’p, — dedi.
— Ey Хadicha, — dedi Muhammad, — men mol-dunyoni emas, amal qilishni xohlayman!

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin