Microsoft Word hadicha ziyouz com doc



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
jiyaniga biror ish topilarmi, degan umidda kelgan edi. O’z maqsadini aytishga fursat 
topgan Abu Тolib: "Ey Хadicha, akamning o’g’li Muhammad ibn Abdulloh haqida qanday 
fikrdasan? Shomga yo’l olayotgan karvonga yordamlashish uchun uni olmaysanmi?" 
dedi. Muhammadning ismini eshitib, Хadichaning yurak urishi tezlashdi. Chunki 
Muhammad omonatga sadoqati, rostgo’yligi bilan nom chiqargan edi. U makkalik 
yigitlarga o’hshamas, kuchini faqat yaxshilik yo’lida sarflardi. Хadicha: "Muhammad 
omonatga xiyonat qilmaydigan yigit, lekin u olis safarlarda yurib tajriba orttirmagan-da" 
dedi. Abu Тolib uning uzoq, yo’llarda yurganini aytib, Хadichani tinchlantirdi. Safar 
borasida uning boshqalardan ko’ra kam emasligini ta’kidladi. 
Хadicha Abu Тolibning so’zlarini tinglarkan, bundan ancha yillar oldingi xotiralari 
jonlandi. O’shanda Muhammad tug’ilgan, bobosi Abulmuttalibning shodligiga Makka ahli 
sherik bo’lgan, Хadicha unda o’n to’rt yashar o’spirin qiz edi. Keyin ko’z o’ngida 
Abdulloxning nikoh marosimi, ko’p o’tmay, u vafot etgach, qattiq kuyingan 
Abdulmuttalibning g’amgin chehrasi namoyon bo’ldi. Хadicha uzatilayotgan kechada esa 
Abdulloxdan yodgor qolayotganidan — Ominaning ko’zi yorib, Muhammad ismli nabira 
ko’rganidan shodmon qiyofasi jonlandi. Keyin Muhammadning yetimlikda ulg’ayganini 
esladi. Otasidan so’ng onasidan ham judo bo’lganini hotirladi. Ota-onasiz yetim 
bo’laturib, shunday halol va pok inson bo’lib yetishgani uchun tasannolar aytdi. 
Mamnuniyat bilan javob qaytardi: "Ey Abu Тolib, uni o’z tijoratimga olishga roziman. 
Agar o’zing kelmasdan turib murojaat qilganingda ham taklifingni qabul qilgan 
bo’lardim". 
Abu Тolib juda xursand bo’ldi. Хadichaga rahmat aytar-kan, bir zum tin oldi va u yoq-bu 
yoqdan gapiraturib, asosiy masalaga ishora qila boshladi. Хadicha uning nima 
demoqchiligini darrov angladi. "Ko’ngling to’q bo’lsin, Abu Тolib, albatta, seni 
qoniqtiradigan tarzda haq to’layman. Muhammad boshqa ishchilarim bilan barobar 
maosh olmaydi. Ish haqisi ularnikidan ko’proq bo’ladi. Chunki u shunga arziydi, o’z 
fazilatlari bilan Muhammad boshqalardan ustundir”. 
Abu Тolib Хadichaga takror-takror rahmat aytdi. Akasining o’g’liga tezroq xabar berish 
uchun undan ruxsat suradi. Shitob bilan jiyanining uyiga yo’l oldi. 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin