Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Hola deb ism qo’yishdi va ko’z qorachiqlaridek avaylab o’stira boshlashdi. Xadicha erini
“Abu Hola”, ya’ni “Holaning otasi”, deb chaqirardi. Odamlar
ham unga shunday deb
murojaat qilishardi. Kelgusi yili ular yana farzandlik bo’lishidi. Ismini Hind deb qo’yishdi.
Ammo Xadichaning oilasiga ketma-ket kelayotgan bu hursandchilik uzoqqa bormadi.
Kutilmaganda abu Hola vafot etdi. Xadicha ikkinchi marta ham beva qoldi. U Nabbosh
qoldirib ketgan molu dumyoga burilib ham qaramadi. Ahir, bu mol-dunyo erini o’limdan
asrab qolmadi-ku. Atiqning ham boyligi o’limga monelik qilolmagan edi.
Xadichaning qayg’usiga yana bechora ota-onasi sherik edilar.
Otasi har kuni Xadichaning
uyiga borar, uni yupatishga urinar edi. Qattiq bemor bo’lib yotib qolgach, “Ko’p
kuyunma, o’zingga rahm qil”, deb qizidan o’tinib so’ray boshladi. Onasi bir kuni:
“O’zingni o’ylamasang ham, farzandlaringni o’yla. Sen vafot etadigan bo’lsang,
farzandlaring kimga qoladi?” deb tanbeh berdi. Onasining so’zlari
Xadichani ancha
sergak torttirdi. Farzandlarini tarbiyalashga ma’sul ekanini, irodasiga suyanishi
shartligini his qildi. Va kunlardan bir kuni otasi uni
uchinchi marta turmushga
chiqarmoqchi ekanini eshitdi.
***
Xadichaning uyiga yaqinroq joyda Omina binti vahb ismli ayol yashardi. Turmush
qurganidan bir oz vaqt o’tib eri vafot etgan edi. U erining o’limidan keyin tug’ilgan
Muhammad
ismli o’g’li bilan yashardi. Boshqa turmush qurmagan edi.
Odamlar uni
“sabrli, vafodor ayol” deb ta’riflashardi. O’g’li olti yoshga kirgan edi. Omina qolgan
hayotini o’g’liga bag’ishlashga so’z bergani haqida gap-so’zlar yurardi.
Dostları ilə paylaş: